Линклар

logo-print
So‘nggi kunlarda Twitter tarmog‘ida keskin e‘tirozlarini bildirayotgan o‘zbekistonlik taniqli xonanda Ozoda Saidzoda O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevni sudga berish harakatida ekanini bildirdi. Ozodlik bilan suhbatda xonanda 2006 yildan buyon katta sahna va televideniyeda unga qo‘yilgan taqiqqa mas‘ul aynan Bosh vazir ekanini iddao qildi.

1 may kuni Twitter mikroblogidagi @ozodasaidzoda nomli sahifasi orqali O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev nomiga keskin e‘tirozlarini yoyinlagan taniqli xonanda Ozoda Saidzoda bosh vazirni sudga berishga jiddiy asos va dalillari borligini da‘vo qildi.
Xonanda Ozoda Saidzodaning Twitter mikroblogidagi sahifasidan 1 may kuni olingan surat. 2014 yil.

Xonanda Ozoda Saidzodaning Twitter mikroblogidagi sahifasidan 1 may kuni olingan surat. 2014 yil.

​Ozodlik bilan suhbatda xonanda bu da‘volari Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning noqonuniy hatti-harakatlari, "hokimiyatga qaysi yo‘llar bilan kelgani", uni qo‘llab-quvvatlovchi san‘atkorlar guruhi vositasida "O‘zbekiston qonunlariga zid harakatlar qilishga uni majbur qilmoqchi bo‘lgani"ga oidligini aytdi.

1 may kungi tvitlaridan birida xonanda, jumladan: "Xalk nomidan gapirishga jur‘at kilomasam xam ln siz majlis/da ochikdan ochik sukib xakorat kilayotgan xalkning bir bulagiman Janob Mirziyoyev!", deb yozdi.
Xonanda Ozoda Saidzodaning Twitter mikroblogidagi sahifasidan 1 may kuni olingan surat. 2014 yil.

Xonanda Ozoda Saidzodaning Twitter mikroblogidagi sahifasidan 1 may kuni olingan surat. 2014 yil.

Shuningdek, 1 may kungi tvitlarida xonanda uning Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 8 sotixli hovlisida qurilgan uyi buzilish arafasida ekani, buning ortida esa aynan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev turibdi, deb bilishini ham ta‘kidladi.

"JANOB MIRZIYoYEV! Shuncha yil umrimni duzaxga aylantirganingiz KAMmi SIZga? Endi UYimga yopishdingizmi?? Konun yukmi sizga?", deb yozdi xonanda.

Ozodlik bilan suhbatda ta‘kidlashicha, Ozoda Saidzoda 2001 yilda katta sahnadan chetlatila boshlagan va 2006 yilga kelib tamomila sahnadan olingan.

"Buning hammasi Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning buyrug‘i bilan bo‘lgan", deb da‘vo qildi xonanda.

- Chunki, vaqtida men Shavkat Mirziyoyev komandasiga ishlash haqida bo‘lgan taklifni rad etganman... Bularning maqsadi Mirziyoyevni hokimiyat tepasiga olib kelish... Men konstitutsion yo‘llar bilan saylangan prezidentni tan olaman... Bu davlatdan bitta qog‘oz olmaganman, hatto bitta "Nihol" mukofoti ham yo‘q menda. Lekin 20 yil shu davlat uchun, shu xalq uchun ishladim. Mening hech qanaqa davoim yo‘q, deputat bo‘lish, davlat odami bo‘lish, degan ambitsiyalarim yo‘q mening. Menga faqat erkinlik kerak, ijod uchun nafas olishim kerak, kislorod kerak, xolos... Shuncha kutdim, bugunga kelib sabrim tugadi. Endi chidolmasam kerak, - deb ta‘kidladi Ozoda Saidzoda Ozodlik bilan suhbatda Bosh vazir Mirziyoyev ustidan sudga murojaat qilish qarori sabablarini izohlar ekan.

Quyida xonanda bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:


Hozir Ozoda Saidzoda O‘zbekistonda taqiqlangan o‘ndan ortiq xonanda va san‘atkorlardan biri sifatida tilga olinadi.

O‘zbekiston televideniyesi, radiosi, rasmiy bayram tadbirlari va katta sahnasida chiqish taqiqlangan san‘atkorlar safidan undan tashqari Farrux Zokirov¸ Sherali Jo‘rayev¸ Yulduz Usmonova ¸ Obid Asomov¸ Shahzoda Matchonova¸ Shohruh rep¸ Feruza Jumaniyozova¸ Otabek Madrahimov¸ Farrux Soipovlar nomi tilga olinadi.

Yaqinda esa bu ro‘yxatga so‘nggi yillarda O‘zbekiston prezidentining katta qizi Gulnora Karimova taqdirlagan san‘atkorlar Murod Rajabov, Nilufar Usmonova, Rashid Holiqov, Alisher Uzoqov, Nabi Abdurahmonov va “Zarba” guruhi xonandalari ham qo‘shildi.

Xususan, Ozoda Nursaidova boshqa taqiqlangan san‘atkorlardan farqli ravishda ijtimoiy tarmoqlar va virtual dunyoda boshqalardan farqli bayonotlari bilan bot-bot tilga tushib turadi.
XS
SM
MD
LG