Линклар

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 23 aprel kuni uch piyodani bosib ketgan patrul -post xizmati avtomobilini boshqargan militsiya xodimi avtohalokatdan bir necha kun o‘tib hibsga olingan. Prokuratura ma‘lumotiga ko‘ra, ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan militsiya xodimi o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Toshkent shahar prokuraturasidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, militsiya xodimi B.T. hozirda hibsda saqlanmoqda va unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining “Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu moddaga ko‘ra, transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa, aybdor o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

23 aprelda poytaxtning Uchtepa tumanida militsiya xodimi tomonidan sodir etilgan avtohalokat oqibatida besh yashar Kristina Gorbanova voqea joyida halok bo‘lgan va yana kishi kishi og‘ir tan jarohati olgan edi.

Toshkentdagi manbalarga ko‘ra, ushbu voqeani jamoatchilikdan yashirishga harakat qilingan. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda bu avtohalokat muhokamasi qizigandan so‘ng militsiya xodimining hibsga olingani Internetga sizdirilgan.

O‘zbekiston xavfsizlik idoralari tomonidan boshqarilishi aytiladigan Internet saytlaridan birida chop etilgan ma‘lumotlarga ko‘ra, Kristinaning tog‘asi 33 yoshli Dmitriy Kurbatov bir nechta jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilgan, lekin u avtohalokat payti olgan jarohati og‘irligi bois vafot etgan.

Avtohalokatning uchinchi qurboni 25 yoshli Lyudmila Gorbanova esa og‘ir ahvolda kasalxonada qolmoqda.

Internetga sizdirilgan ma‘lumotga ko‘ra, avtohalokatni Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasining patrul -post xizmati brigadasi uchinchi batal onining ikkinchi otryadi ekipaji sodir etgan. Davlat raqami 01 906 JCA bo‘lgan “Neksiya” avtomobilini militsiya xodimi B.T. boshqargan.

Voqea guvohlariga ko‘ra, katta tezlikda ketayotgan avtomobil qarshi yo‘lga chiqib ketib, uch nafar piyodani bosib ketgan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG