Линклар

logo-print

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida eng yomonlarning uchligidan o‘rin oldi


Freedom House tashkilotining Matbuot erkinligi xaritasi.

Freedom House tashkilotining Matbuot erkinligi xaritasi.

O‘zbekiston matbuot erkinligi bo‘yicha 197 mamlakat orasida 195-o‘rinni egalladi.

Freedom House tashkilotining matbuot erkinligiga doir navbatdagi hisobotida umuman Yevroosiyo mamlakatlarida vaziyat ayanchliligicha qolayotgani aytiladi. Bu mintaqada biror mamlakat matbuoti “erkin”, deb baholanmagan.

Qarorgohi AQShda joylashgan tashkilot 1 may kuni e‘lon qilgan Matbuot erkinligiga doir 2014 yilgi hisobotda 197 mamlakat va hududdagi o‘tgan yilgi vaziyatga baho berilgan.

O‘zbekistondan keyin bu reytingda faqat Turkmaniston bilan Shimoliy Koreya qo‘yilgan xolos.

Hisobotda yana aytilishicha, hukumat matbuot va Internetga nisbatan yangi cheklovlarni joriy qilgan Rossiyada ham vaziyat murakkabligicha qolmoqda.

Ukraina ham 2013 yilda asosan Yevromaydon namoyishlari paytida jurnalistlarning hujumga uchraganlari sababli reytingda pastroqqa tushirilgan.
XS
SM
MD
LG