Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:39

Yamanda Al Qoidaga aloqador o‘zbekistonlik yo‘q qilindi


Yaman hukumati Al Qoida guruhiga aloqador deb gumonlangan 13 nafar jangarini yo‘q qilgani haqida ma‘lumot tarqatdi. Ular orasida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxs ham borligi aytilmoqda.

Qiruvchi samolyotlar va tanklardan iborat bo‘lgan hukumat kuchlarining jangarilarga qarshi 29 aprelda boshlangan harbiy amaliyoti 1 may kuni ham davom etgan.

Rasmiylarning bildirishicha, Abyan viloyatidagi amaliyotda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Abu Muslim al-O‘zbekiy ismli shaxs yo‘q qilingan.

Halok bo‘lgan o‘zbekistonlik Al Qoidaning Yamandagi mahalliy yetakchilaridan biri bo‘lgani aytilmoqda.

Ismini ochiqlamagan xavfsizlik rasmiysining aytishicha, al-O‘zbekiy Yamanga O‘zbekistondan 2011 yilda kelgan.

Mazkur harbiy amaliyotda shu kungacha 24 nafar hukumat askari hamda jangari deb gumonlangan 28 nafar kishi halok bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG