Линклар

Kaliforniyadagi mahkama Janubiy Koreyaning Samsung shirkatini smartfonlar ishlab chiqarish texnologiyasiga oid ikkita patent qoidalarini buzgani uchun Apple shirkatiga 120 million AQSh dollari to‘lashi kerakligi haqida hukm chiqardi.

Hakamlarga ko‘ra, Samsung "slide to unlock" texnologiyasini o‘z smartfonlarida qo‘llab, patent qoidalarini buzgan.

Apple smartfon bozoridagi o‘zining asosiy raqibi bo‘lgan Samsung shirkatini beshta patent qoidalarini buzganlikda ayblab, 2 milliard 200 million dollar undirib berishni suddan talab etayotgan edi.

Lekin, Kaliforniyadagi mahkama Amerika shirkatining uchta patentga doir shikoyatini qondirmadi.
XS
SM
MD
LG