Линклар

logo-print
Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finalining dastlabki uchrashuvida Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.

7 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 0:1 hisobi qayd etildi. Uchrashuvdagi yagona golga 38-daqiqada mehmonlar hujumchisi Salim Davsariy mualliflik qildi.

O‘yin davomida “Bunyodkor” o‘yinchilarida hisobni tenglashtirish uchun qulay imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi bo‘ldi, biroq toshkentliklar zarbalariga har gal aniqlik yetishmadi.

- Biz juda ko‘p imkoniyatlardan foydalana olmadik. Keyingi o‘yinlarda xatolarni tuzatishga harakat qilamiz… Bugun o‘yinimiz o‘xshamadi, - dedi “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Volkov o‘yindan so‘ng o‘tgan matbuot anjumanida.

Jamoalar o‘rtasidagi nimchorak finali javob uchrashuvi 14 may kuni Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG