Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:30

Futzal: O‘zbekiston Osiyo chempionati yarim finalida Eron bilan to‘qnashadi


Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Vyetnamda o‘tayotgan Osiyo chempionati chorak finalida Livan jamoasini 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Yarim final uchrashuvi 8 may kuni bo‘lib o‘tadi va unda o‘zbekistonlik futzalchilar Eron terma jamoasi bilan bellashadilar. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:30da boshlanadi

- Eron Osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri va unga qarshi o‘yin juda qiyin kechadi. Biroq biz g‘alaba uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz. Bu biz uchun chempionatdagi eng og‘ir o‘yin bo‘ladi, - dedi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov.

Futzal bo‘yicha Eron terma jamoasi 1999 yildan beri o‘tkazib kelinadigan Osiyo chempionatida jami 10 marta g‘alaba qozongan. O‘zbekiston futzalchilari esa qit‘a birinchiligida 3 marta ikkinchi o‘rin, 2 marta uchinchi o‘rinni egallaganlar.
XS
SM
MD
LG