Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:22

Istanbulda yig‘ilgan 300 o‘zbek Andijon fojiasi qurbonlarini xotirladi


11 may kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi "Bog‘larboshi" Kogress zalida Andijonda ro‘y bergan qonli voqealarning 9 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda qatnashgan 300 atrofida o‘zbek va markaziy osiyolik ishtirokchilar totalitar rejim tabiati hamda yillar davomida beta‘sir qolayotgan O‘zbekiston rejimini fojea uchun javobgarlikka tortish yo‘llari haqida fikr almashdilar.

O‘zbekiston Xalq Harakatining Turkiyadagi faollari va bu davlatdagi "O‘zbeklar birligi" tashkiloti faollari boshchiligida Istanbulda Andijon fojeasining 9 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Istanbul shahridagi "Bog‘larboshi" Kogress zalida o‘tgan bu tadbirda ishtirok etgan asli namanganlik muhojir va muxolifat faoli Nurbek zalda yig‘ilgan o‘zbeklar soni 300 dan ortiq ekanini aytdi.

Uning aytishicha, zalga yig‘ilganlar oradan 9 yil o‘tgan bo‘lsa-da, 2005 yilning 13 mayida Andijondagi Bobur maydonida sodir bo‘lgan qatliom zarra qadar unutilmagani, aksincha, yillar o‘tgani sayin bu yerda qurbon berilgan tinch aholi uchun javob berilajagini takrorlaganlar.

- Hech kim unutmagan. Aksincha, bunga albatta javob berlishi kerak, ertami yo kech zolim hukumat bunga javob berishi kerak, deb gapirdi hamma. Tadbirda buncha o‘zbek bo‘ladi, deb kutmagan edim. 300 ga yaqin o‘zbek keldi, zal to‘ldi. Kelganlar birlashishga kelishdi. Endi ular millatiga qarab emas, diniga qarab birlashishga va shu zolim rejimni javobgarlikka tortishga kelishishdi, - deydi Istanbul anjumani qatnashchisi.

Quyida u bilan qurilgan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:36 0:00
Бевосита линк


Ammo, anjumanning asosiy tashkilotchisi bo‘lgan O‘zbekiston Xalq Harakati tarqatgan bayonotda harakat raisi Muhammad Solih Andijon fojiasidan buyon o‘tgan 9 yillik qisqa muddat ichida fojianing unutilayozganidan taajjubda ekani ta‘kidlandi.

"Afsuski, biz xalq o‘laroq juda unutuvchan va juda loqayd bo‘lib borayapmiz, shekilli. Chunki Andijon fojiasidan bor-yo‘g‘i 9 yil kechdi, juda ko‘plar bu haqda eslamaydi ham, hatto "Sizlar nimani xotirlayapsizlar", deya kinoya ham qilishadi ba‘zilari. Bu loqaydlik meni hayratga soladi va nahotki, biz shu qadar orsizlashdik, deya dahshatga tushaman. Bizning o‘z fojialarimizga loqaydligimizni ko‘rgan zolimlar bunday qatliomlarni osonlikcha takrorlashlari uchun zamin yaratadi bu. Qani bizning millatparvar ziyolilarimiz? "Go‘zal Turkiston sanga na bo‘ldi?" deb kuylaydigan shoirlarimiz qayerga g‘oyib bo‘ldi? Bugun Andijonda halok bo‘lgan qahramonlarimiz haqqiga Ollohdan rahmatlar tilayman va Olloh bizning or va nomus tuyg‘umizni tiriltirsin, deb duo qilaman", deydi Muhammad Solih.

2005 yil 13 may kuni Andijonning Bobur maydonida sodir bo‘lgan qonli voqealarda, rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, 180 kishi halok bo‘lgan.

Mustaqil manbalar esa fojea qurbonlari soni bundan bir necha o‘n barobar ko‘p bo‘lganini ta‘kidlaydi.

Bobur maydonidagi qonli fojeadan keyin xalqaro jamoatchilik o‘zbek rasmiylaridan Andijon voqealari bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazishni talab qilgan, biroq bu talab rasmiy Toshkent tomonidan rad etilgan.
XS
SM
MD
LG