Линклар

logo-print
9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan jurnalistlarga suhbat bergan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov: "Ayrim joylarda qon to‘kilayotgani barchamizni tashvishga solmasdan qo‘ymaydi",- dedi.

- Ayrim joylarda qon to‘kilayotgani, nizo va adovatlar avj olayotgani, fashizm degan balo yana bosh ko‘tarayotgani, millatchilik, shovinizm kabi xavfli ofatlar maydonga chiqayotgani, bir so‘z bilan aytganda, vaziyat tobora keskinlashib, xavf-xatarlar ortib borayotgani barchamizni tashvishga solmasdan qo‘ymaydi, - dedi Karimov.

O‘zbekiston Prezidenti jurnalistlar bilan uchrashuv chog‘ida Ukrainda yuzaga kelgan bo‘hron tinch yo‘l bilan hal qilinishi kerakligini ta‘kidladi:

- Qarama-qarshiliklarni o‘z vaqtida to‘xtatish kerak. Biror narsa yo‘qki, tinch yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasa. Bunda siyosiy iroda zarur. Ukrain va ruslar doim bir-birlari bilan do‘st bo‘lgan. Tinchlikda yashab kelgan. Ruslar ukrainga, ukrainlar rusga uylangan, - dedi Karimov.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining mart oyidagi bayonotida ham Ukrainada yuzaga kelgan ziddiyatni xalqaro huquq doirasida tinch yo‘l bilan hal qilish lozimligi ta‘kidlangandi.

Lekin O‘zbekistondagi rasmiy matbuotda Ukraina hodisalariga munosabat hanuz ko‘rinmaydi. O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi Ukrainadagi voqealarni Rossiya kanallari orqali kuzatayotganliklarini aytishadi.
Ayni paytda Ukrainadagi ayirmachilarning ramziga aylangan "Georgiy lentalari" Toshkentda paydo bo‘ldi.

Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 69 yilligi munosabati bilan Toshkentda 33 ming dona "Georgiy lentasi" tarqatilgan.

Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma‘lum qildi. Elchixona 21 apreldan 8 maygacha O‘zbekistonda “Georgiy lentaci” tadbirini o‘tkazgan edi.

Elchixona rasmiylari O‘zbekistonda "Georgiy lentalari"ga katta qiziqish bo‘lganini iddao qilishmoqda.

"Bu tadbir g‘alaba kunining 69 yilligiga bag‘ishlangani aytilayotgan bo‘lsa-da, “Georgiy lentalari” Kremlь propagandasining ramzi o‘laroq Ukraina sharqidagi ayrmachilar tomonidan ishlatilayotgani ma‘lum", demoqda kuzatuvchilar.

So‘nggi oylarda "Georgiy lentalari" Ukrainadagi ayirmachilarning ramziga aylanib ulgurdi.
XS
SM
MD
LG