Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:29

O‘zbekistonda elektrovelosiped ishlab chiqarilmoqda


Namangan viloyatining Norin tumani markazi Haqqulobod shahridagi “Norin mechanikal plant” korxonasida elektrovelosiped ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Yangi turdagi zamonaviy velosiped akkumulyator yordamida harakatlanadi.

Bir marta quvvatlantirilgan akkumulyator bilan soatiga 30-40 kilometr tezlikda taxminan 50 kilometr yo‘lni bosib o‘tish mumkin.

Axborot agentliklariga ko‘ra, korxona hozirgacha 260 dona elektrovelosiped ishlab chiqargan.

“Norin mechanikal plant” mas‘uliyati cheklangan jamiyatda 90dan ortiq odam ishlaydi.

Korxona kattalar va bolalar uchun yiliga olti turdagi 50 ming dona velosiped ishlab chiqarish quvvatiga ega.
XS
SM
MD
LG