Линклар

logo-print

Elchi: 2013 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga qariyb 3 million odam jo‘nab ketgan


Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev.

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev.

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Vladimir Tyurdenev Podrobno.uz yangiliklar agentligiga bergan intervyusida 2013 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga qariyb 3 million odam jo‘nab ketganini aytdi.

RF Migratsiya xizmati ma‘lumotiga ko‘ra, hozir Rossiya hududida 11 million xorijlik bor.

Migratsiya xizmatiga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga borayotgan odamlar soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda.

2013 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga qariyb 3 million odam borgan va 2,5 million odam mamlakatni tark etgan.

Ayni paytda o‘tgan yil mehnat faoliyati uchun patent so‘rab murojaat qilgan 730 ming fuqaroning 540 ming nafariga ruxsatnoma berilgan.

Rossiya Markaziy banki ma‘lumotiga ko‘ra, Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar o‘tgan yil bank tizimlari orqali O‘zbekistonga 6,6 milliard AQSh dollari miqdorida pul o‘tkazgan.
XS
SM
MD
LG