Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:09

Moskva o‘zbeklari urushda halok bo‘lganlarni xotirladi


9 may G‘alaba kuni Moskvaning Qizil Maydoniga yig‘ilgan o‘zbeklar “Noma‘lum soldat qabri” yodgorligiga urush yillari nobud bo‘lgan o‘zbekistonliklar xotirasiga gul va gulchambarlar olib keldi.

“Vatandosh” Mintaqalararo o‘zbeklar jamiyati a‘zolari Xotira olovi yonida o‘zbekistonlik va umuman musulmon jangchi-askarlar xotirasiga "Qur‘on" tilovat qilib, duolar o‘qidi.

O‘zbekistonda Xotira va qardlash kuni, deb e‘lon qilingan kunda Qizil maydonda Afg‘oniston veteranlari birodarligi nomidan “Vatandosh” faoli, 1979 yilda Afg‘onistonga birinchilar qatorida kirib borgan Musulmon bataloni jangchisi Baxtiyor Alimovni “Sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishi 25 yilligi” medali bilan taqdirladi.

Shuningdek, “Vatandosh” jamoasi vakillari Moskvaning Preobrajenskoye qabristonidagi birodarlik qabrini ham ziyorat qildi. Qabr ziyoratiga Rossiyaning “Yabloko” partiyasi va uning rahbari Sergey Mitroxin, “Vatandosh” faollari Usmon Baratov, Baxtiyor Alimov va boshqalar ishtirok etdi.


Peterburgdagi o‘zbeklar jamiyati faollari 10 ming kishilik “Boqiy polk” aksiyasida ishtirok etdi. Shaharning Nevskaya ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan yurishda har bir shaxs Ikkinchi Jahon urushida xalok bo‘lgan yaqinlarining portretlarini ko‘tarib o‘tdi.

Urush boshlanishi oldidan O‘zbekistonda 6 million aholi istiqomat qilgan. Ulardan 1,5 millioni frontga chaqirilgan. 420 ming o‘zbkistonlik yigit-qizlar urushda xalok bo‘lgan, 640 ming askar jarohatlangan.

Urush yillari ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun taqdirlangan 282-ta Sovet Ittifoqi Qaxramonidan 38 nafari o‘zbekistonlik edi.
XS
SM
MD
LG