Линклар

Turkiya g‘arbidagi ko‘mir konida 13 may kuni yuz bergan portlash oqibatida 166 konchi halok bo‘ldi va 200 konchi vayron bo‘lgan shaxtada qamalib qoldi.

Izmir shahri yaqinidagi konda elektr ta‘minotining uzilib qolgani portlashga sabab bo‘lgan. 14 may kuni qutqaruvchilar konda qamalib qolgan shaxtyorlar hayotini saqlab qolish maqsadida shaxtaga nasoslar yordamida kislorod yubormoqda.

Turkiya energetika vaziri Taner Yildiz portlash paytida konda 787 odam bo‘lganini aytdi. Halokat munosabati bilan Turkiya Bosh vaziri Rejab Erdo‘g‘on o‘zining 14 may kuni Albaniyaga qiladigan rasmiy safarini boshqa kunga qoldirdi.
XS
SM
MD
LG