Линклар

Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylari besh odam Yaqin Sharq nafas yo‘llari sindromi yoki koronovirus deb atalayotgan virusdan o‘lgani va kasallikni nazorat qilish uchun tuyalarga mikrochip o‘rnatish rejalanganini ma‘lum qildi.

13 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi 24 soat davomida koronavirusdan yana besh kishi o‘lgani va sakkiz odamga xavfli virus yuqqanini tasdiqladi.

Bu bilan Saudiya Arabistonida koronavirusdan o‘lganlar soni 147 kishiga, virus yuqqan odamlar soni 491 kishiga yetdi.

Saudiya Arabistonida xavfli virus odamlarga tuyalardan yuqqani taxmin qilinmoqda.

Saudiya rasmiylari tuyalarga mikrochip o‘rnatilishini bildirdi va odamlarni tuyalarga qarayotgan paytda yuzlariga niqob taqish kerakligi haqida ogohlantirdi.

Hozircha ushbu koronavirus yuqqan odamlarni davolash uchun vaksina yoki boshqa turdagi dorilar mavjud emas.
XS
SM
MD
LG