Линклар

logo-print
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozin o‘z mamlakati hududidagi GPS tizimining 11ta stantsiyasi faoliyati 1 iyundan to‘xtatilishini ma‘lum qildi.

Janob Rogozin agar AQSh o‘z hududida Rossiyaning GLONASS stantsiyalari o‘rnatilishiga ruhsat bermasa kuz oylariga bori GPS stantsiyalari faoliyati Rossiyada butkul to‘xtatilishini aytdi.

GLONASS tizimi GPSning rus analogidir. 2012 yilning may oyida Rossiya GLONASS stantsiyalariga ruhsat so‘rab AQShga murojaat etgan edi.

Lekin, o‘tgan yilning 26 dekabr kuni AQSh prezidenti Barak Obama Kongress bosimi ostida Rossiya stantsiyalarining qurilishini cheklovchi qonunni imzolagandi.

Rossiya GLONOSS tizimidan AQShda josuslik maqsadida foydalanishi xavfi bunga sabab qilib ko‘rsatilgan.

Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov GPS stantsiyalari faoliyatining Rossiyada to‘xtatilishidan ma‘no ko‘rmasligini ta‘kidladi.

Senator Ruslan Gattarov ham hukumat qarori deb, rossiyalik foydalanuvchilar jabr ko‘rmasligi kerak, deb aytdi.

Bosh vazir matbuot kotibi Natalьya Timakova esa bu haqdagi qaror Dmitriy Medvedev hukumati bilan muvofiqlashtirilgan xolda qabul qilinganini bildirdi.

Rossiyada faoliyati to‘xtatilayotgan 11ta GPS stantsiyasi seysmologik stantsiyalardir.
XS
SM
MD
LG