Линклар

Fojia Istanbul shahridan 250 kilometr janubdagi Soma shahrida 13 may kuni ro‘y berdi.

Somadagi ko‘mir konida elektr ta‘minotining uzilib qolgani portlashga sabab bo‘lgan.

14 may kuni qutqaruvchilar konda qamalib qolgan konchilar hayotini saqlab qolish maqsadida shaxtaga nasoslar yordamida kislorod yuborib turdi. Shu soatlarda qutqarish ishlari davom etmoqda.

Turkiya energetika vaziri Taner Yildiz portlash paytida konda 787 odam bo‘lganini aytdi. Halokat munosabati bilan Turkiya Bosh vaziri Rejab Erdo‘g‘on o‘zining 14 may kuni Albaniyaga qiladigan rasmiy safarini boshqa kunga qoldirdi.

Turkiyada ko‘mir konidagi eng yirik portlash 1992 yilda Zo‘nguldoqda sodir bo‘lgan. O‘shanda 263 konchi halok bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG