Линклар

Turkiyadagi eng yirik kasaba uyushmasi 15 may kuni mamlakat bo‘ylab ish tashlash e‘lon qildi.

Bunga 13 may kuni Som shahridagi ko‘mir konida sodir etilgan portlash oqibatida 274 konchi halok bo‘lgani asosiy sabab qilib ko‘rsatilgan. Portlashdan so‘ng qutqaruvchilar tomonidan 450 konchi shaxtadan olib chiqilgan. Ayni paytda 120 konchi bedarak yo‘qolgan.

Turkiya Bosh vaziri Rejab Erdo‘g‘on konda sodir bo‘lgan portlash oqibatlariga hukumat mas‘ul emasligini bildirganidan so‘ng mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlanib ketgan edi.

14 may kuni Som shahriga kelgan Erdo‘g‘onning avtomashinasiga konchilarning yaqinlari hujum qilgan. Hukumatga qarshi namoyishlar va politsiya bilan to‘qnashuvlar Istanbul va Anqarada ham bo‘lib o‘tdi.

Tukrkiyada elektr simlarining nosozligi tufayli yuz bergan kondagi portlashda halok bo‘lganlar xotirasi uchun uch kunlik motam e‘lon qilindi.
XS
SM
MD
LG