Линклар

Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finalining javob uchrashuvida Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasiga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

14 may kuni Ar-Riyod shahrida o'tgan uchrashuv 3:0 hisobida toshkentliklar mag'lubiyati bilan yakunlandi. Gollarga Yosir al-Qahtoniy (20), Nosir ash-Shamroniy (48) va Salim Davsariy (58) mualliflik qildilar.

Bundan bir hafta avval Toshkentda o'tgan nimchorak finalining dastlabki uchrashuvi ham saudiyaliklar g'alabasi bilan yakunlangan edi (0:1).

Shunday qilib, ikki o'yin natijasida 4:0 hisobida g'alaba qozongan "Al-Hilol" chorak finalga yo'l oldi. O'zbekistonning amaldagi chempioni "Bunyodkor" esa OChLni tark etishga majbur.

Klublar o'rtasidagi Osiyo birinchiligining chorak final, yarim final va final o'yinlariga qur'a tashlash marosimi 28 may kuni bo'lib o'tadi.

Chempionlikni qo'lga kiritgan klub 2014 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'llanma oladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG