Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:25

Imomali Rahmon qizi va kuyovi mansabini oshirdi


Ozoda Rahmon
Ozoda Rahmon
Tojikiston prezidenti kuyovi Ashraf Gulovni Tojikistonning Rossiyadagi Bosh konsuli etib tayinladi, qizi Ozodani esa Tojikiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasiga ko‘tardi. Kuzatuvchilarning aytishlaricha, Rahmon hokimiyatining aksariyat amallarini uning yaqin qarindoshlari egallab olgan.

Imomali Rahmon 15 may kuni davlat boshqaruv organlarida bir qator kad o‘zgarishlari o‘tkazdi.

Joriy yilning mart oyida Tojikiston Soliq qo‘mitasi auditi etib tayinlangan prezident kuyovi Ashraf Gulovni endi Tojikistonning Rossiyadagi Bosh konsuli etib tayinladi.

Ashraf Gulov Tojikiston sobiq Energetika va sanoat vaziri Sherali Gulning o‘g‘li va Imomali Rahmonning beshinchi qizi Parvinaning eridir.

Ashraf Gulov so‘nggi besh yilda Tojikistonning Rossiyadagi Bosh konsuli bo‘lgan taniqli hajvchi yozuvchi Burhon G‘anining qizi Sadbarga G‘aniyeva o‘rnini egalladi.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan prezident qizi Ozoda Rahmon vazirning birinchi o‘rinbosari vazifasiga ko‘tarildi.

Prezident shuningdek Tojikistonning AQSh va Germaniyadagi elchilarini ham almashtirdi va ular ham Rahmon va oilasiga yaqin shaxslar bolalaridir.

Tojikistonlik siyosatshunos Rajab Mirzo muhim diplomatik amallarning faqat qarindosh-urug‘ va sadoqatli mulozimlar bolalariga ulashish amaliëti tojik diplomatiyasi faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsataëtganini aytadi:

“Bu kadrlar almashuvi Imomali Rahmon olib borayotgan siyosatning davomi. U faqat o‘ziga yoqqan kadrlarni u yoki bu mansablarga qo‘yadi”, deydi Rajab Mirzo.

Tojikiston hukumatidagi yuqori mansablarni asosan Imomali Rahmonning qarindoshlari yoki uning hamshaharlari egallaganligi aytiladi.
XS
SM
MD
LG