Линклар

Klara Jalilova: “Xalqqa ayting men hali o‘lganim yo‘q!”

  • Садриддин Ашур

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist 76 yoshli Klara Jalilova Umra ziyoratida olamdan o‘tibdi degan xabar ortidan san‘atkorning uy telefoni bilan bog‘langan Ozodlik telefon go‘shagidan opaning jarangli ovozini eshitdi. Klara Jalilovaning aytishicha, bunday xabar O‘zbekistonda chaqmoqday tarqalgandan so‘ng har kuni telefon qilib ko‘ngil so‘raguvchilar va “fotiha”ga keladigan ko‘payib ketdi.

Taniqli kinoaktrisa va betakror qo‘shiqlar ijrochisi Klara Jalilova Umra ziyoratida Ollohga omonatini topshiribdi¸ degan xabar tarqab ketganidan so‘ng, opaning tinchi buzilgan:

- O‘zi ikki yil oldin “o‘lganman”. O‘shanda shunaqa gap chiqib ketgan edi. Endi esa bir yarim oydan oshdi meni yana “o‘lganligim” haqidagi xabarni chiqqaniga. Odamlar uyga ko‘ngil so‘ragani kelishayapti, tinmay telefon qilishayapti. Telefon jiringlaganda go‘shakni olib alo desam, jim turishadi, endi xijolat bo‘lishsa kerakda, deydi san‘atkor.

Klara Jalilova bir necha yildan buyon Umra ziyoratiga borishni niyat qilayotganini aytadi:

- Ha shunday ulug‘ niyatim bor. Faqat so‘nggi paytlarda tobim bo‘lmay turibdi. Xudo xohlasa¸ albatta¸ boraman. Hozir kechayu kunduz namozlarimda shuni so‘rayapman. Bu gaplarni tinchitish uchun endi bir televizorga chiqmasam bo‘lmaydi, dedi Klara Jalilova.

Buxoroda tug‘ilgan Klara Jalilova san‘at olamiga 18 yoshida kirib kelgan.

“Maftuningman” filьmida ijro qilgan roli va “Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan”qo‘shig‘i aktrisaga katta shuhrat keltirgan.

O‘zbekiston radiosining "Oltin fondi"da Klara Jalilovaning turli tillarda ijro etgan 130ta qo‘shig‘i saqlanadi.

Klara Jalilovaning hayot yo‘li va ijodi to‘g‘risidagi 2009 yilda Ozodlik radiosida efirga uzatilgan dasturdan san‘atkor hayot va ijodiga oid batafsil ma‘lumotlar o‘rin olgan.

Dasturni quyida tinglashingiz mumkin:
XS
SM
MD
LG