Линклар

logo-print

Muhojir o‘zbek: Pushkinodagi o‘zbeklar ishidan quvilmoqda!


Moskvada futbol fanatini o'ldirganlik ayblanayotgan o'zbekistonlik Jahongir Ahmedov

Moskvada futbol fanatini o'ldirganlik ayblanayotgan o'zbekistonlik Jahongir Ahmedov

OzodMikrofonga Moskva viloyatidan bog‘langan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qodirjon 13 mayda "Spartak" klubi fanatining hamyurti tomonidan o‘ldirilgani haqidagi shov-shuvdan so‘ng o‘zbeklar ishini yo‘qota boshlaganini aytdi. Unga ko‘ra, aksar o‘zbeklar xavfsizligidan qo‘rqib, 3-4 kun ishga qatnamagani sabab ish beruvchilar tomonidan quvilmoqda.

Moskva viloyatining Pushkino shaharchasida yillardan buyon ishlayotganini aytgan o‘zbekistonlik 43 yashar mehnat muhojiri - Qodirjon 14 maydan boshlab ishga chiqamagani uchun ishidan ayrilganini aytdi.

13 may kuni 22 yashar futbol fanati Leonid Safyannikov o‘zbekistonlik muhojir tomonidan kaltaklab o‘ldirilgani haqidagi xabar ortidan Pushkinoda ko‘tarilgan pogromdan qochgan Qodirjon bir necha yurtdoshi bilan shaharchani tark etganicha, ortga qaytolmayotganini aytmoqda.

- Birovlarning kvartiralarida yashab yuribmiz. Ish beruvchiga telefon qilsam: "Tamom, sen ishdan bo‘shatilgansan!" dedi. Ishdan ayrildik. Bugunlarga kelib fanatlar ancha tinchib qoldi, deb tursak endi FMS tekshiruv boshlabdi, - deydi Moskva viloyatida yurgan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri.

Uning xavotiricha, so‘nggi bir necha kun ichida ba‘zi hamyurtlari bilan aloqa uzilib qolgan.

- Bir Nabijon aka, degan shofyor akamiz bor edi. Bozorda savdo ham qilardi, 14 may kuni tongdan beri aloqa uzilgan. Kecha uning mashinasini yondirib yuborishibdi, degan gapni eshitganimdan beri tinchim yo‘qoldi. Bunaqa topolmay qolayotgan yurtdoshlarimiz bo‘lyapti, - deydi Qodirjon.

Quyida Qodirjon bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin.


Ozodlikning Moskva viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasidan olgan ma‘lumotiga ko‘ra, 13 may kuni kechki soat 19:30 larda “Pushkino” temir yo‘l bekati yonidagi bozorchada “BMW” mashinasini noto‘g‘ri parkovka qilgan 23 yashar Leonid Safyannikov va “VAZ-2104” mashinasidagi ikki nafar muhojir o‘rtasida janjal chiqqan.

To‘rt yil davomida boks bilan shug‘ullanib kelgan Safyannikov mashinasidan chiqib o‘zbeklarga tashlangan, biroq o‘zi zarbadan boshi bilan asfaltga yiqilgan va hushidan ketgan. Ensasi bilan yerga urilib qattiq zarba yegan Leonid Safyannikov Pushkino markaziy shifoxonasida jon bergan.

Leonid Safyannikovni behostan o‘ldirganlikda ayblanayotgan Jahongir Ahmedov shoshilinch O‘zbekistonni tark etgani xabar qilingan edi. Ammo, oradan bir yarim kun o‘tib Ahmedov Moskvaga qaytdi va aeroportdayoq hibsga olindi.

O‘zbekiston fuqarosi Jahongir Ahmedovga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 111-moddasi 4-qismi (o‘limga sabab bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazish), 166-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlash niyatisiz avtomobilni egallab olish) va 167-moddasi 1-qismi (birovning mulkiga shikast yetkazish) asosida jinoiy ish ochilgani ma‘lum qilingan.
XS
SM
MD
LG