Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:15

O‘zbekistonda kuch ishlatar xodimlarning mobil telefondan foydalanishi taqiqlandi


Harbiylar¸ militsiya¸ prokuratura va MXX xodimlarining xizmat joyida, ish paytida mobil telefondan foydalanishi taqiqlandi. Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ qurolli kuchlar¸ ichki ishlar¸ prokuratura¸ milliy xavfsizlik va soliq idoralari xizmatchilari ichki nizomga ko‘ra¸ endilikda mobil telefonini nazorat-o‘tkazish xonasida qoldirib kiradi.

Aprel oyining so‘nggi o‘n kunligida kuchga kiritilgan bu nizom haqida 20 may kuni xabar bergan Ozodlik manbalari bunday yangi tartibning aynan qaysi maqsadda joriy etilgani haqida uni kiritgan “yuqoridagilar” aniq izoh berishmaganini bildirdilar.

Ayni paytda¸ huquq tizimlari ichidagi Ozodlik manbalari bunday tartib joriy qilinishi ortidagi sabablarga oid ayrim taxminlarni ilgari surdilar.

Birinchi taxminga ko‘ra¸ O‘zbekistonda eng kuchli vakolatga ega bo‘lgan kuch ishlatar tizimlari xodimlarining xizmat paytida mobil telefondan foydalanishini ta‘qiqlash orqali¸ xizmat samaradorligini oshirish maqsadi ko‘zlangan bo‘lishi mumkin. Sodda qilib aytganda¸ mobil telefonda gap sotish yoki unda “o‘yin o‘ynash” o‘rniga xodimlar o‘z asosiy vazifasi bilan mashg‘ul bo‘lishga majbur bo‘ladi.

Ikkinchi taxmin o‘laroq¸ axborot xavfsizligini ta‘minlash iddaosi ilgari surilmoqda.

- Bu tizimda ishlaydiganlar¸ xususan¸ Toshkentdagilarning ko‘pi¸ (yoshlari) ish paytida ko‘p vaqtini telefon orqali Odnoklassniki¸ yoki Internetdagi boshqa saytlarda o‘tkazadi. Ular bu saytlardan har xil axborot oladi¸ hatto ba‘zilarining o‘zi nozik axborot ham tashlaydi. Shuning oldini olishmoqchi shekilli. Har qalay¸ ishxonadagi xizmat telefonini eshitish va ishxona kompyuteridan qayerga kirilganini nazorat qilish oson-da. Smartfonlarning ko‘payib¸ takomillashib ketgani “kuzatuvchilar” ishini qiyinlashtirgan bo‘lsa¸ mobil telefonni taqiqlashdiyov¸ deydi Ozodlik manbalaridan biri.

Rasmiy ma‘lumotga ko‘ra¸ hozirda Rossiyaning Odnoklassniki ijtimoy tarmog‘i o‘zbekistonliklar orasida eng ommabop tarmoq va unga kuniga 2 millionga yaqin o‘zbekistonlik kiradi. Tarmoqqa kiruvchilar o‘zbekistonliklarning 92 foizi¸ tarmoq rasmiylariga ko‘ra¸ unga aynan mobil telefon orqali kirmoqda. Bunday taqiqdan so‘ng¸ huquq tartibot organlari xodimlarining bu va boshqa tarmoqqa kirishi keskin kamayishini taxmin qilish mumkin.

Kuchishlatar tizimlari xodimlarining xizmat joyida mobil telefondan foydalanishini taqiqlash qaroriga oid Toshkentdan bildirilgan uchinchi taxminga ko‘ra¸ bunday taqiq “xavfsizlikni kuchaytirish va xodimlar nazoratini kuchaytirish uchun” joriy qilingan.

Ayrim muxolif nashrlarning¸ Karimov hokimiyati tayanib kelayotgan kuch ishlatar tizimlarida o‘ziga xayrixoh rasmiylar ko‘payib borayotgani haqidagi iddaolarning¸ bunday nazoratni kuchaytirishga turtki bo‘lgani ham mavjud taxminlar sirasida tilga olinmoqda.
XS
SM
MD
LG