Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:27

Denis Istomin Dusseldorf Open xalqaro turnirining chorak finaliga chiqdi


O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Germaniyada o‘tayotgan Dusseldorf Open xalqaro turnirining chorak finaliga chiqdi.

Nimchorak final bosqichida Istomin avstraliyalik tennischi Jeyson Kublerni uch setda mag‘lub eta oldi.

22 may kuni bo‘lib o‘tadigan chorak final uchrashuvida o‘zbekistonlik tennischi ushbu turnirning uchinchi raketkasi bo‘lmish italiyalik Andreas Seppiga qarshi kortga tushadi.

Istomin bungacha Seppi bilan yetti marta bellashib, ikki uchrashuvda g‘alabaga erishgan va besh uchrashuvni mag‘lubiyat bilan yakunlagan.

Dusseldorf Open xalqaro turnirining mukofot fondi qariyb 500 ming yevroni tashkil etadi.

27 yoshli Denis Istomin ayni damda ATP jahon reytingining 57-pog‘onasidan o‘rin olgan.
XS
SM
MD
LG