Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 05:42

O‘zbekiston Qirg‘izistonga sotadigan gazi narxini Rossiya bilan kelisha olmayapti


Anvar Nazirov
Anvar Nazirov
21 may kuni O‘sh shahridagi SMUTT mikrorayoni aholisidan 100 ga yaqin kishi tabiiy gaz yo‘qligi va elektr energiyasi taqchilligidan norozilik bildirib O‘sh – Aravon yo‘lini bir necha soatga to‘sib qo‘ydi.

Shu kuni mamlakat parlamenti – Jog‘orqu Kenesh deputatlariga hisobot berar ekan, bosh vazir Jo‘mard O‘to‘rbayev “O‘ztransgaz” qirg‘iz rasmiylari xatlariga ham, telefon qo‘ng‘iroqlariga ham javob bermayotgani to‘g‘risida bayonot berdi.

Gap shundaki, qariyb bir yarim oydan buyon Qirg‘izistonning janubiy viloyatlari aholisiga tabiiy gaz yetkazib berilmayapti. Gaz sotuvchisi – O‘zbekiston 14 aprel kuni Qirg‘iziston janubiga gaz uzatishni to‘xtatar ekan, ba‘zi xabarlarga qaraganda, buni mazkur masalaga oid shartnoma muddati tugagani bilan izohlagan.

Gaz to‘xtatilishidan 4 kun muqaddam -10 aprelda Qirg‘iziston o‘zining “Qirg‘izgaz” korxonasini “Gazprom”ga 1 AQSh dollariga sotgan edi.

Toshkentlik siyosatshunos Anvar Nazirovning OzodNazarida gap shu masaladan boshlandi.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:39 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG