Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:03

Rossiya uchirgan “Topol” raketasi mintaqa aholisida tashvish uyg‘otdi


21 may ertalabdanoq Ozodlik pochtasiga Markaziy Osiyoning turli hududlaridan mazmuni bir xil xabarlar kela boshladi. Qirg‘izistonning Olabuqasida yashovchi tinglovchi ham, Olabuqadan taxminan 1500 kilometr g‘arbda yashaydigan xorazmlik tinglovchi ham 20 may kuni kechqurun osmonda noma‘lum uchuvchi ob‘ekt ko‘rgani to‘g‘risida yozdi.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Ozodlikka bildirishicha, 20 may kuni kechqurun Rossiyaga qarashli “Topol” kontinentlararo ballistik raketasining sinov parvozi amalga oshirilgan.

Aftidan, Ozodlik tinglovchilari ko‘rgan “noma‘lum uchuvchi ob‘ekt” ana o‘sha raketadir.

“Men Xorazmdanman. Hozir osmonda portlashmi, boshqa narsami bo‘ldi. Bugun 22.05 da boshlandi. 3 minut davom etib, yoyilib tugadi”.

Ozodlik pochtasiga 20 may kuni kechqurun kelib tushgan bu xabar ortidan Qoraqalpog‘istondan mana bu xabar yetib keldi:

“Chimboydanman, hozir osmonda bir narsa yorildi. Yoki bir narsa urib tushirildi. Nimadir tezlikda uchib kelib, yorildi”.

Xorazm va Qoraqalpog‘istondan taqriban 1500 km sharqda, Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati, Olabuqa tumanida istiqomat qiluvchi tinglovchi esa, shohidi bo‘lgan hodisa to‘g‘risida mana bunday yozdi:

“Kecha, 20 may kuni soat 23.15 da Olabuqa osmonida qiziq holat yuz berdi. Katta, keng nur ko‘rindi. 1 km radiusda nur paydo bo‘ldi”.

Bu xabar muallifi Ozodlik muxbiri savollariga javob berar ekan, ortidan quyuq qora tutun qoldirgan noma‘lum uchuvchi ob‘ektni samolyot, deb o‘ylaganini aytdi.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:10 0:00
Бевосита линк

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Abish Smailovning Ozodlik radiosi qozoq xizmatiga bergan ma‘lumotiga qaraganda, 20 may kuni Astana vaqti bilan 23 dan 8 daqiqa o‘tganda rossiyalik harbiylar “Topol” kontinentlararo ballistik raketasining sinov parvozini amalga oshirgan.

Raketa Qozog‘iston markazida joylashgan Sarishag‘an poligonidagi shartli nishonni urgan.

Abish Smailovga ko‘ra, mazkur sinov Rossiya va Qozog‘iston mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi shartnoma doirasida amalga oshirilgan.

“Topol” raketasi sinov parvozi to‘g‘risida ITAR-TASS agentligi ham xabar qildi.
XS
SM
MD
LG