Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:30

MTS rahbariyati aloqa operatorining O‘zbekistonga qaytishi mumkinligini tasdiqladi


Rossiyaning MTS mobil aloqa operatori tez orada O‘zbekiston bozoriga qaytishi mumkin.

Bu haqda MTSni nazorat qiluvchi “Sistema” kompaniyasi rahbari Vladimir Yevtushenkov payshanba kuni Sankt Peterburgdagi xalqaro iqtisodiy forumda jurnalistlarga ma‘lum qildi.

Yevtushenkovga ko‘ra, MTS shirkati O‘zbekiston hukumati bilan mamlakatdagi faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish borasida deyarli kelishib olgan.

“Sistema” rahbarining aytishicha, chastotalar bilan bog‘liq so‘nggi masala bo‘yicha ayni damda so‘zlashuvlar olib borilmoqda.

- Bu davlat ishtirokidagi yangi kompaniya bo‘ladi. “Sistema” shirkati esa uni nazorat qiladi, - dedi Yevtushenkov “RIA Novosti” nashriga.

Aprelь oyida Interfaks axborot agentligi ham MTS O‘zbekiston mobil aloqa bozoriga qaytishi mumkinligi haqida yozgan edi. Biroq o‘shanda MTS rasmiylari bu xabarni na tasdiqlagan, na inkor qilgandi.

MTSning O‘zbekistonda "O‘zdunrobita" nomi ostida faoliyat olib borgan sho‘‘basi 2012 yil yozida rasmiy Toshkent qarori bilan faoliyatini to‘xtatgan edi. O‘zbekiston rasmiy idoralari "O‘zdunrobita" shirkatiga yirik miqdordagi daromadni soliqdan yashirish, pul yuvish, mijozlar pullarini noqonuniy o‘zlashtirish kabi ayblar qo‘ygan.

Toshkentning MTS faoliyatini to‘xtatishi oqibatida mamlakatdagi eng yirik mobil aloqa operatori bo‘lgan "O‘zdunrobita"ning 10 millionga yaqin mijozi bir kunda aloqasiz qolgan edi.
XS
SM
MD
LG