Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:01

Dusseldorf Open: Denis Istomin yarim finalga chiqdi


O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin Germaniyada o‘tayotgan Dusseldorf Open xalqaro turnirining yarim finaliga chiqdi.

Payshanba kuni o‘tgan chorak final uchrashuvida Istomin mazkur turnirning uchinchi raketkasi bo‘lmish italiyalik Andreas Seppini ikki setda mag‘lub eta oldi – 6:3, 6:4.

O‘zbekistonlik tennischi yarim finalda germaniyalik Filip Kolshrayber va xorvatiyalik Mate Delich juftligi g‘olibi bilan bellashadi.

Dusseldorf Open xalqaro turnirining mukofot fondi qariyb 425 ming yevroni tashkil etadi.

27 yoshli Denis Istomin ayni damda ATP jahon reytingining 57-pog‘onasidan o‘rin olgan.
XS
SM
MD
LG