Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:03

Xorug‘dagi otishmadan so‘ng aholi sud, prokuratura, militsiya binolariga o‘t qo‘ydi


Xorug‘ shahrida yoqib yuborilgan prokuratura binosi
Xorug‘ shahrida yoqib yuborilgan prokuratura binosi
Tojikistondagi Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati markazi Xorug‘ shahrida hukumat kuchlari va noma‘lum shaxslar o‘rtasida sodir bo‘lgan 21 may kungi to‘qnashuvda uch kishi halok bo‘ldi¸ yetti nafari jarohatlandi. Kuppa-kunduz kuni shahar markazida o‘tkazilgan qurolli amaliyot odamlar noroziliga sabab bo‘ldi.

Xorug‘ shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari va jinoyatchilikda gumonlangan shaxslar o‘rtasida 21 may kuni otishma yuzaga chiqdi.

Bu otishma ortidan kelib chiqqan to‘polon oqibatida shahar sudi, prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limi binolari yoqib yuborildi.

Har ikki tomondan uch kishi otishma qurboni bo‘ldi, yetti kishi og‘ir tan jarohati olib kasalxonaga yotqizildi.

Tojikiston Prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, “Xorug‘ shahrida bir guruh narkotik kaontrabandachilarini qo‘lga olish amaliyotida militsiya xodimlari va ular o‘rtasida otishma kelib chiqqan”.

Xorug‘ shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda Tojikiston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Abdullo Navjuvonov militsiya xodimlarining malakasiz harakatini tanqid qilgan.

Vazir o‘rinbosari odamlar ko‘p bo‘lgan joyda qurol qo‘llash mumkin emasligini ta‘kidlagan.

Bu voqeadan so‘ng, xorug‘liklar ko‘chalarda barrikadalar tashkil qilgan va hukumatdan otishma sodir qilgan ichki ishlar xodimlarini javobgarlikka tortishni talab qilgan.

22 may kuni Xorug‘ga Tojikiston prezidentining mudofaa masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherali Xayrullayev va Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahim yetib borgan.

Tomonlardan uch yuz kishi ishtirok etgan yig‘ilishda rasmiylar odamlarni tinchlantirish va barqarorlikni saqlab qolishga harakat qilgan.

Ozodlik manbasiga ko‘ra, bu voqea sabablarini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma komissiya tashkil qilingan.

Manbaning aytishicha 22 may kuni otishmada jarohatlangan militsiya ofitseri David Niyozbekov kasalxonada vafot etgan.

Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatining Tojikistondagi beqaror hududlaridan biri bo‘lib qolayotgani aytiladi.

2012 yilning 21 iyulida Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Badaxshon viloyat boshqarmasi boshlig‘i Abdullo Nazarov Ishkoshim tumanida o‘ldirib ketilgan edi.

Shundan so‘ng Tojikiston maxsus kuchlari mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi generali Abdullo Nazarov o‘limiga aloqador shaxslarni ushlash bo‘yicha Tog‘li Badaxshon viloyati markazi Xorug‘ shahrida maxsus harbiy amaliyot o‘tkazgan edi.

Hukumat rasmiylariga ko‘ra, bu harbiy amaliyotlar chog‘ida 30 nafar janggari o‘ldirilgan, 40 nafari hibsga olingan.
XS
SM
MD
LG