Линклар

O‘z oldiga O‘zbekcha Vikipediyani, ya‘ni Ilmni targ‘ib qilishni maqsad qilib qo‘ygan OzodWiki eshittirishining “o‘quv yili” bor-yo‘g‘i 4 oygina davom etdi. Shu qisqa vaqt davomida u katta ishni amalga oshirdi: O‘zbekcha Vikipediyaga tashriflar soni joriy yil yanvariga qiyoslaganda aprelda 7 baravarga ortdi. Ya‘ni yanvarda, hali OzodWiki eshittirishlari boshlanmay turib, O‘zbekcha Vikipediyaga 20 368 kishi kirgan bo‘lsa, aprelda bu ko‘rsatkich 136 592 nafarni tashkil etdi.

Qiyoslash uchun yana bir raqam: 2013 yilning aprelida O‘zbekcha Vikipediyaga 12 134 kishi kirgan edi, xolos.

Tanishayotganingiz eshittirish o‘quv yurtlarida o‘quv yili tugashi arafasida, So‘nggi qo‘ng‘iroq va Bitiruv kechalari arafasida tayyorlandi.

Shuning uchun O‘zbekcha Vikipediyaning shu ikki tadbir to‘g‘risidagi maqolalarini havola qilmoqchimiz.


Tanishayotganingiz eshittirish OzodWikining ham o‘ziga xos “so‘nggi qo‘ng‘irog‘i”dir.

U ham ta‘tilga chiqmoqda.

Balki eshittirishimiz Yangi o‘quv yilidan boshlab yana ish boshlar, hozircha bir narsa deyish qiyin.

Hozircha esa, 4 oylik faoliyatimizning hisoboti bilan tanishtirmoqchimizki, u mana bu ko‘rsatkichlarda aks etgan.

Bosh sahifaga tashriflar soni:
20142013
Yanvar20,36831,751
Fevral21,02249,571
Mart56,27420,403
Aprel136,59212,134
May65,46515,234

OzodWikining 4 oylik faoliyati natijalari to‘g‘risida Wiki-ekspertimiz Nodir Otayev bilan suhbatlashdik.

Quyida ana o‘sha suhbatni tinglang.

OzodWikining Wiki-eksperti Nodir Otayevning gitara chalish bo‘yicha Internet dasrlari ham borki, o‘sha darslardan bugungi mavzuga oid sonini e‘tiboringizga havola qilmoqchimiz.
XS
SM
MD
LG