Линклар

Qozog‘istonda uch o‘zbekistonlik jinsiy qullikdan ozod etildi


Olmaotadagi boshqa bir reyd payti ushlangan o‘zbekiston va qirg‘izistonlik fohishalar.

Olmaotadagi boshqa bir reyd payti ushlangan o‘zbekiston va qirg‘izistonlik fohishalar.

Qozog‘iston janubidagi Chimkent shahrida uch nafar o‘zbekistonlik ayol seksual qullikdan ozod etilgan. Bu haqda Qozog‘istondagi ayollar va mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qiluvchi “Sana Sezim” tashkiloti rahbari Xadicha Abisheva Ozodlikka ma‘lum qildi.

"Sana Sezim" tashkilotiga ko‘ra, yoshi 25-28 oralig‘idagi o‘zbekistonlik ayollar bundan uch oy avval Janubiy Qozog‘istonga ish izlab kelishgan. Chimkent shahriga kelishlari bilan ularni pasportlari olib qo‘yilib, ikki oydan oshiqroq vaqt davomida ular jinsiy ekspluatatsiya qilingan.

O‘zbekistonlik uch ayol o‘tgan haftada Qozog‘istondagi “Sana Sezim” tashkiloti ko‘magi bilan qullikdan ozod etildi.

Ayollarning ismi ular xavfsizligi nuqtai nazardan sir tutilmoqda.“Sana Sezim” tashkiloti rahbari Xadicha Abishevaning aytishicha, ayollar odamfurushlarning mo‘may oyliklik ish haqidagi aldov va‘dalariga uchib Chimkentga kelishgan:

- Ularga Qozog‘istonga kelishlaridan oldin katta miqdorda oyliklar va‘da qilingan. Mehmonxonada ishlaysizlar, deb aytishgan. Chimkentga kelishsa -fohishalik. Ikki oy davomida ularni Chimkentdagi xonadonlardan biriga qamab, hech qayerga chiqarmay, kaltaklashgan, kuniga bir qancha kliyentga xizmat ko‘rsatishga majburlashgan, deydi Abisheva.

Qullik azoblariga dosh berolmagan o‘zbekistonlik ayollardan biri “Sana Sezim” tashkilotining “qaynoq liniya”siga qo‘ng‘iroq qilib, najot so‘raganidan so‘ng, tashkilot faollari Qozog‘istonning uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda ayollarni qullikdan qutqarishga muvaffaq bo‘lganlar:

- Hozir bu uch ayolni O‘zbekistonga, uyiga jo‘natib yubordik. Ularni jinsiy eksplutatsiya qilgan jinoiy to‘dani aniqlab, ularni jazoga tortish masalasini ko‘tarayapmiz, deydi Abisheva.

Garchi Qozog‘iston militsiyasi vaqti-vaqti bilan fohishalik va noqonuniy muhojirlikka qarshi reydlar o‘tkazib tursa-da, ayrim xodimlarning katta pora evaziga bu holatlarni chetlab o‘tishi taxmin qilinadi:

- Qo‘shmachilar seksual qullikka majburlangan bu ayollarga huquq-tartibot idoralarida tanishlarimiz bor, qochib hech qayerga borolmaysanlar, degan gaplar bilan qizlarni qo‘rqitishgan. Ularni haqiqatan huquq-tartibot idoralarida odamlari bormi, yoki qo‘rqitish uchun bu haqda gapirishganmi, buni bilmaymiz, deydi “Sana Sezim” tashkiloti rahbari Xadicha Abisheva.

Qozog‘istonning Chimkent shahrida yashovchi o‘zbekistonlik Shoxruh o‘z vatandosh aëllarning bu yerdagi yashash tarzini yaqindan kuzatib kelaëtganini aytadi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik ayollar orasida fohishalik bilan shug‘ullanishini bilib kelayotganlar ham bor, bilmasdan odam savdosi qurboniga aylanayotganlar ham bor:

- O‘zbekistonda shunaqa ishlar bilan shug‘ullanib yurgan bo‘lsa, o‘zlari kelishadi. Ayrimlarini esa bolalarga qaraysan, qariyalarga qarab turasan, hamshiralik qilasan deb, fohishalikka majburlanayotganlari ham bor. Boshida fohishalikka majburlanib, keyin o‘z ixtiyorlari bilan bu ish bilan shug‘ullanayotganlar ham bor. Xullas o‘zbekistonlik ayollar bu yerda juda ko‘p, deydi Shoxruh.

Qozog‘istondagi “Sana Sezim” tashkiloti rahbari Xadicha Abisheva, fohishalikni oldindan bilib keladimi, bilmasdan keladimi, ularni bu ishga majburlashga hech kimning haqqi yo‘qligini ta‘kidlaydi:

- O‘zbekistondan erkaklar qatori ko‘plab ayollar bu yerga pul topish uchun keladi. O‘zbekistondagi nochorlik ularni shunga majburlamoqda. Ayrimlari fohishalik qilishini bilib kelayotgandir. Lekin 21 asrda hech kimning odamlarni qullikda ushlab, tahqirlab fohishalikka majburlashga haqqi yo‘q, deydi Abisheva.

O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi qonun qabul qilingan va respublika darajasida turli davlat tashkilotlari o‘rtasida bu muammoga qarshi kurash bo‘yichamuvofiqlashtiruvchi guruhlar ham tuzilgan.

Shunga qaramay, norasmiy manbalar¸ O‘zbekistondan qizlarni Yaqin Sharq davlatlari¸ xususan Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklariga fohishalikka muntazam jo‘natish hollari kamaymaëtir.

So‘nggi yillarda qator arab davlatlari, shuningdek, Janubiy Koreya, Hindiston, Tailand va Malayziyada yuzlab o‘zbekistonlik ayolning fohishalikda ayblanib, qo‘lga olingani va mamlakatdan deportatsiya qilingani ko‘p kuzatildi.

Xalqaro tashkilotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi iqtisodiy tanglik va ish topish imkonlarining cheklangani aëllarni fohishalik orqali daromad qilishga undamoqda.
XS
SM
MD
LG