Линклар

“GM Uzbekistan” kompaniyasining rasmiy sayti - chevrolet.uz uch kundan buyon ishlamayapti.

Arsenal - D provayder kompaniyasi e‘loniga ko‘ra, xosting taqdim etish vaqti, disk hajmi ko‘payib ketgani uchun “GM Uzbekistan”ning rasmiy sayti o‘chirilgan.

Mahalliy saytlar xabariga ko‘ra, o‘tgan yili 3,3 milliard dollarlik avtomobil sotgan “GM-Uzbekistan”ning rasmiy sayti puli to‘lanmagani uchun yopib qo‘yilgan.

Joriy yilda 3,7 milliard dollarlik avtomobil sotishni rejalagan O‘zbekiston mahalliy mashinalar narxini kamida 7 – 12 foizga oshirdi.

“GM-Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar narxi O‘zbekistonda xorijdagiga nisbatan 40-45 foizga qimmat.

Misol uchun Qozog‘istonning Olmaota shahrida eng arzon Neksiyaning narxi 6,5 ming dollarni tashkil qiladi. O‘zbekistonda ayni Neksiyaning narxi 10 ming dollardan ziyod.

Сизнинг фикрингиз

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG