Линклар

Qozog‘iston O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Neksiya va Matiz mashinalarini joriy yilning 1 iyuligacha import qilishga ruxsat berdi. Bu haqda Kazinform agentligi ma‘lum qildi.

Rasmiy Ostona joriy yilning 5 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ushbu mashinalar Bojxona ittifoqining texnik reglamentiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlar talabiga javob bermasligi bois ularning importini to‘xtatishini e‘lon qilgan edi.

Qozog‘iston tomoni Neksiya va Matizning blokirovkaga qarshi tormoz tizimi, old xavfsizlik yostig‘i, bolalar o‘tirg‘ichi uchun bog‘lash moslamalari, kunduzgi signal chiroqlariga ega bo‘lmagani uchun ular importini cheklashini ma‘lum qilgan

Neksiya va Matiz Qozog‘istonda eng ommabop bo‘lgan mashinalardan bo‘lib, o‘tgan yili ushbu mamlakatda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 13371 ta mashina sotilgan.
XS
SM
MD
LG