Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:04

Visa va MasterCard Rossiyada qoladigan bo‘ldi


MasterCard va Visa xalqaro to‘lov tizimlari Rossiya moliya bozorida qolishi ma‘lum qilindi.

Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanovga ko‘ra, Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida tomonlar bu borada o‘zaro kelishib olgan.

Rossiya xalqaro to‘lov kompaniyalari uchun kafolat badalini o‘rtacha kunlik pul aylanmasining 25 foiziga ko‘targani ortidan Visa va MasterCard Rossiya bozoridan ketishini ma‘lum qilgan edi.

Yangi to‘lov ushbu ikki kompaniya uchun taxminan uch million dollarni tashkil qiladi.
XS
SM
MD
LG