Линклар

Ukrainaning Donetsk shahri aeroportida hukumat kuchlari va rossiyaparast ayirmachilar o‘rtasidagi janglar ayirmachilar katta yo‘qotishlarga uchraganidan so‘ng to‘xtatilgani xabar qilinmoqda.

27 may kuni tongga yaqin Ukraina rasmiylari Donetskdagi ayirmachilar katta yo‘qotishlarga uchraganinin bildirdi.

Ayirmachilar aeroportni 26 may kuni egallab olgan edi. Ukraina hukumat qo‘shinlari ayirmachilarni harbiy uchoqlar va vertolyotlardan o‘qqqa tutilgani, o‘nlab odamlar halok bo‘lgani aytilmoqda.

Xabarlarda aytilishicha, Donetskning aeroportga yaqin mavzelarida ham otishmalar bo‘lgan. Rossiya hukumati Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti missiyasidan Donetskdagi voqealar yuzasidan ob‘ektiv ma‘lumot berishni talab qilmoqda.

Ukraina sharqidagi Donetskda shahar aeroporti uchun janglar 26 may kuni kunning ikkinchi yarmida boshlangandi.


Dushanba kuni ertalab, qurollangan ayirmachilar aeroport binosiga bostirib kirishi ortidan, tayyoragoh faoliyati to‘xtab qolgan edi.

Kunning ikkinchi yarmida Kiyev hukumati kuchlari aeroportni ayirmachilardan tortib olish bo‘yicha amaliyot boshladi. Harbiy amaliyotda hukumat kuchlari jangovar vertolyotlarni ishga soldi.

Frans Press agentligi tushdan keyin hodisa joyidan portlash va otishma ovozlari eshitilayotgani to‘g‘risida xabar qildi.

Reyters agentligiga ko‘ra, aeroport binosi ichkarisidan tutun chiqayotganini ko‘ringan.

O‘zini Donetsk Xalq Respublikasi deb e‘lon qilgan ayirmachilar yetakchisi mintaqada harbiy holat e‘lon qilishi ortidan voqealar ana shunday rivoj oldi. Denis Pushilin harbiy holat 26 may kunidan joriy qilinishi va “asosiy vazifa Donetsk Xalq Repsublikasi hududini yot ukrain kuchlaridan tozalash” ekanini iddao qildi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, ayirmachilar yetakchilari noma‘lum tomonga qarab qochishga majbur bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG