Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:44

Xaliljon Xudoyberdiyev “O‘sh TV”ning haqiqiy egasi deb tan olindi


"O‘sh TV" telekompaniyasining xo‘jayini Xaliljon Xudoyberdiyev.
"O‘sh TV" telekompaniyasining xo‘jayini Xaliljon Xudoyberdiyev.
Biroq O‘sh viloyat tumanlararo sudining qarorida Xudoyberdiyev “O‘sh TV”ning yagona egasi ekani tan olinganiga qaramay, 2010 yilgacha asosan o‘zbek tilida ko‘rsatuvlar bergan mazkur telekanal davlat foydasiga musodara qilinadi, deyilgan.

O‘sh viloyat tumanlararo sudi 2010 yilgacha asosan o‘zbek tilida ko‘rsatuvlar berib kelgan “O‘sh TV” telekanali O‘shning sobiq meri Melis Mirzaqmatov tomonidan noqonuniy sotib olingani va Melis Mirzaqmatov tomonidan 2014 yilda noqonuniy ravishda Rossiya fuqarosi Maksim Krotovga sotilgani to‘g‘risida ikki hafta avval qaror qabul qilgan. Mazkur sud jarayoni O‘sh viloyat prokuraturasi kiritgan davo arizasi asosida o‘tkazilgan.

“O‘sh TV” Qirg‘iziston janubidagi eng yirik telekanallardan biri hisoblanar edi. 2010 yilgi O‘sh voqealaridan so‘ng telekanal egasi Xaliljon Xudoyberdiyev shaharning o‘sha paytdagi meri Melis Mirzaqmatov tomonidan bosim ostiga olingani, qurolli odamlarning tahdidi ostida “O‘sh TV”ni Mirzaqmatovga o‘tkazib berishga majbur bo‘lganini aytgan edi. Bu borada Ozodlik radiosiga 2011 yilning 24 fevralida intervyu bergan Xudoyberdiyev “O‘sh TV” noqonuniy ravishda Mirzaqmatov tomonidan bosib olinganini bildirgan.

Qirg‘iziston Adliya vazirligining yuridik shaxslarni ro‘yxatga olish boshqarmasi rasmiysi Emir Zulpuyev O‘sh viloyat tumanlararo sudi qarori Xaliljon Xudoyberdiyevning iddaolari to‘g‘ri bo‘lganini aks ettirishini aytdi:

- 2010 yilda “O‘sh TV” bo‘yicha qayta ro‘yxatga olingan hujjatlarning barchasi bekor qilindi va 1998 yilning 28 avgustidagi holatga keltirildi. Telekanalning xo‘jayini Haliljon Xudoyberdiyevdir.
Халилжон Худойбердиев “Ўш ТВ”нинг ҳақиқий эгаси деб тан олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:27 0:00
Бевосита линк

Biroq sudning qarori “O‘sh TV” qonuniy egasi Xaliljon Xudoyberdiyevga qaytarilishini anglatmaydi. 2010 yil voqealaridan so‘ng “O‘sh TV” tortib olingach, Xalijon Xudoyberdiyev O‘sh voqealarining uyushtiruvchilaridan biri sifatida ayblanib, ta‘qib qilina boshlangan. Shundan so‘ng u mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan.

Jalolobod shahar sudi 2011 yilning 28 oktyabrida Xaliljon Xudoyberdiyevni sirtdan O‘sh voqealarida aybdor deb topib, mol-mulkini musodara qilish sharti bilan 20 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

O‘sh shahar prokurori Atay Shakir uulu Jalolobod sudi qaroridan kelib chiqqan holda “O‘sh TV” davlat foydasiga muosdara qilinishini aytdi:

-Prokuratura davlat manfaatini himoya qilib, sudga davo arizasi kiritgan edi. Sud qarori bilan telekanal avvalgi egasi Xudoyberdiyevga o‘tdi. Xudoyberdiyevning mol-mulkini musodara qilish to‘g‘risidagi sud hukmiga asosan esa “O‘sh TV” davlat mulkiga aylantiriladi.

Ayni paytda xorij davlatlaridan birida boshpana topgan Xaliljon Xudoyberdiyev O‘sh voqealari yuzasidan o‘ziga nisbatan ayblov soxta ekanini va bu ayblovlarni tan olmasligini bildirib kelmoqda.

- Jinoiy ish, deb ataydigan ishning o‘zi yo‘q. Birovni o‘ldirgan, qaroqchilik qilgan, banda tashkil qilgan degan gaplarning hammasi quruq gaplar. Qirg‘izistonda yashayotgan bo‘lsam, bir yoqqa chiqib ketish niyatim yo‘q bo‘lsa, bola-chaqam o‘sha yerda yashasa, o‘zimning ishxonam bo‘lsa qanday qilib jinoyat qilish fikriga kelaman?! Bu yerda, asosan, siyosat yotibdi, - deb bildirgan edi Xaliljon Xudoyberdiyev Ozodlikka bergan suhbatlaridan birida.
XS
SM
MD
LG