Линклар

Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 27 may kuni Olmaliq shahrida o'tgan dastlabki o'rtoqlik uchrashuvida Ummon termasiga kichik hisobda mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvdagi yagona golga mehmonlar yarim himoyachisi Ahmad Al-Muhaijriy o'yinning 20-daqiqasida mualliflik qildi. Jarima zarbasidan so'ng darvoza ustuniga tegib qaytgan to'pni Al-Muhaijriy qiyinchiliksiz Eldorbek Suyunov darvozasiga yo'lladi.

Har ikkala bo'limda ham O'zbekiston milliy terma jamoasi ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldi. Biroq Mirjalol Qosimov shogirdlari shu kuni raqib darvozasiga yo'l topa olmadilar.

Aytib o'tish joiz, Ummon terma jamoasiga qarshi o'tgan dastlabki o'rtoqlik uchrashuvida O'zbekiston jamoasida qator yangi o'yinchilar sinab ko'rildi.

O'zbekiston terma jamoasi 29 may kuni Ummonga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. O'yin "Jar" satadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv chiptalari "Jar" va "Paxtakor" markaziy stadionlari kassalarida sotilmoqda.

Aprel oyida e'lon qilingan FIFA jahon reytingida O'zbekiston milliy terma jamoasi 53 pog'onadan, Ummon termasi esa 82 pog'onadan joy olgan. Osiyo reytingida esa O'zbekiston uchinchi, Ummon to'qqizinchi o'rinda bormoqda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG