Линклар

logo-print
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Moskvaning SSKA klubiga o'tishi mumkin.

Armiyachilar ayni damda Maxachqal'aning "Anji" futbol klubida faoliyat yuritayotgan 26 yoshli Ahmedovni ijaraga olish yoki sotib olish borasida muzokaralar o'tkazishmoqda.

Bu haqda xabar bergan "Sport-Ekspress" nashrining yozishicha, o'zbekistonlik futbolchining transfer narxi 8 million yevroga baholangan.

- SSKA prezidenti maslahatchisi bo‘lib ishlagan Valeriy Nepomnyashiy o‘zbekistonlik futbolchining imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. "Anji" va SSKA jamoalari Odil Ahmedovning transferi borasida kelishuvga juda yaqin turishibdi, - deb yozadi "Sport-Ekspress" nashri.

Avvalroq qator sport nashrlarida Ahmedovga Rossiyaning "Krasnodar" klubidan taklif tushgani va BAA klubidan qiziqish bo'layotgani xabar qilingan edi.

Eslatamiz, 2012-13 yilgi mavsumni Rossiya Premyer ligasida uchinchi o'rin bilan yakunlagan "Anji" klubi joriy mavsumda eng quyi o'rinni egallab, Birinchi divizionga yo'llanma olgan.

Kuzatuvchilarga ko'ra, Premyer ligani tark etgan "Anji" yozgi transfer oynasida legionerlari safini kamaytirishi kutilmoqda. Sababi Birinchi divizion qoidalari bir vaqtning o'zida maydonda faqat uch nafar legioner oy'nashiga ruxsat beradi.

Futbolchilar transfer narxini aniqlash bo'yicha ixtisoslashgan Transfermarkt.de saytiga ko'ra, Odil Ahmedovning transfer bahosi ayni damda 6 million yevroga teng.


Ahmedov va "Anji"

Odil Ahmedov "Anji" safiga 2011 yili "Paxtakor"dan ijara asosida kelib qo'shilgan edi. Ijara muddati yakunlanganidan so'ng dog'istonlik jamoa Ahmedovni to'liq sotib olishga qaror qilgan.

2011 yil natijalariga ko'ra o'zbekistonlik futbolchi "Anji"ning eng yaxshi o'yinchisi, deb e'lon qilgan edi.

25 yoshli Odil Ahmedovning Dog'iston klubi bilan amaldagi shartnomasi 2015 yil yozigachga mo'ljallangan. Futbolchi shu kungacha "Anji" safida 86ta o'yin o'tkazib, 3ta golga mualliflik qilgan.

Professional keryerasini 2006 yili Toshkentining "Paxtakor" futbol klubida boshlagan Ahmedov 2007 yildan beri O'zbekiston milliy terma jamoasi sha'nini himoya qilib keladi. Futbolchi milliy terma jamoa safida 56 ta o'yin o'tkazib, ularda 9ta gol urgan.
XS
SM
MD
LG