Линклар

logo-print
Google shirkati haydovchisiz boshqariladigan elektromobillarini ishlab chiqarishni rejalamoqda.

Ikki yo‘lovchiga mo‘ljallangan elektromobillarda pedal va rul bo‘lmaydi. Elektromobilni harakatga keltirish uchun “start” tugmasini bosish kifoya, u avtomatik tarzda boshqariladi.

Google shirkatidagilar yangi transport vositasi ancha xavfsiz va tejamli ekanini aytishmoqda.

Tanqidchilar esa tezligi soatiga 40 kilometrdan oshmaydigan mashinalar shundoq ham tirband yo‘llarda ko‘proq muammolarni keltirib chiqarishidan xavfsirashmoqda.
XS
SM
MD
LG