Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:29

Obama terrorchilikka qarshi xalqaro jamg‘arma tuzilishini e‘lon qildi


AQSh prezidenti Barak Obama 28 may kuni Nyu Yorkdagi West Point harbiy akademiyasida qilgan chiqishida Qo‘shma Shtatlar terrorizmga qarshi 5 milliard dollarlik yangi xalqaro jamg‘arma tuzish tashabbusi bilan chiqqanini ma‘lum qildi.

AQSh prezidenti Barak Obama o‘z chiqishida Amerikaning terrorchilikka qarshi kurash strategiyasi o‘zgartirilishini ta‘kidladi.

Terrorchi tashkilotlar in qurgan har bir mamlakatga qo‘shin kiritish samarasiz siyosat ekanini aytar ekan Obama¸ o‘z mamlakati yaqin fursatda terrorizmga qarshi xalqaro jamg‘arma tuzilishiga bosh qo‘shishini ma‘lum qildi.

Oq uy rahbari xalqaro jamg‘armani tuzishdan maqsad dunyoning turli davlatlarida terrorchilikka qarshi kurashayotgan hukumatlarga ko‘mak berish ekanini qayd etdi:

- Men Kongressni 5 milliard dollarlik ana shu terrorchilikka qarshi xalqaro hamkorlik jamg‘armasini tuzish rejasini ma‘qullashga chaqiraman. Bu bizga terrorchilikka qarshi kurashda old saflarda turgan mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, shu mamlakat mutaxassislarini o‘qitish imkonini beradi, dedi Obama.

Ayni paytda, prezident Obama agar o‘z mamlakati manfaatlari yo‘lida zarurat tug‘ilsa¸ Qo‘shma Shtatlar bir yoqlama harbiy kuch qo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi:

- Manfaatlarimiz uchun lozim topilsa, fuqarolarimizga tahdid tug‘ilsa yoki ittifoqichilarimiz uchun xavf yuzaga kelsa, bir tomonlama harbiy choralarga qo‘l uriladi, dedi Obama.

Ukrainadagi bo‘hronga to‘xtalgan prezident Obama Qo‘shma Shtatlar o‘z ittifoqchilari bilan muvofiqlashtirilgan tarzda Rossiyani Ukrainadagi amallari uchun jazolashga muvaffaq bo‘lganini ta‘kidladi:

- Ukrainadagi Rossiyaning amallari Sovet tanklarining Sharqiy Yevropaga kiritilgani bilan bog‘liq o‘tmishdagi hodisalarni eslatmoqda. Lekin hozir Sovuq urush davro emas. Dunyo hamjamiyati Amerika yetakchiligida Rossiyani yana ham yakkalab qo‘yishi mumkin sanktsiyalarni qo‘llash borasida yakdildir¸ dedi Obama.

Bir kun avval Obama shu yil oxirida Afg‘onistondagi xalqaro jangovar missiya tugaganidan so‘ng ham bu mamlakatda 9800 amerikalik harbiyni qoldirish niyatida ekanini ma‘lum qilgan edi.
XS
SM
MD
LG