Линклар

Keyingi ikki oy ichida Toshkentda mashina o‘g‘irlash bo‘yicha uchta jinoyat qayd etildi. Ozodlikning O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligidagi manbalarining aytishicha¸ bu joriy yilning ilk uch oyi bilan solishtirganda katta raqam.

Ozodlik manbasining aytishicha¸ yanvar oyidan fevral oyiga qadar Toshkentda mashina o‘g‘irlash bo‘yicha faqat bitta jinoyat qayd qilingan bo‘lsa¸ aprelь-may oyida uchta qimmatbaho avtomobil o‘g‘irlangan.

Manbaga ko‘ra¸ O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan narxi 40 ming AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan avtomobillar o‘g‘rilarning asosiy nishoniga aylangan.


Moykadagi o‘g‘irlik

Suhbatdoshga ko‘ra¸ 28 may kuni Shayxontohur tumani Qoratosh- 3 mavzesidagi avtomoykadan fuqaro Sh.ga tegishli Captiva avtomobili o‘g‘irlab ketilgan.

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Ichki ishlar bo‘limidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ haydovchi Qoratoshdagi mashina yuvadigan joyga mashinasini yuvdirish uchun kelgan. Uning oldiga ”moykada ishlayman” deb o‘zini tanishtirgan noma‘lum yigit yaqinlashgan. Mashina egasi bu yigitga bemalol kalitini berib¸ o‘zi chetga o‘tgan. Sal o‘tmay mashina yuvish markazidagi noma‘lum yigit mashinani olib noma‘lum tarafga qarab qochib ketgan.

Avtomobil egasi arizasi asosida Shayxontohur tumani Ichki ishlar bo‘limi tarafidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 267-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. “Transport vositasini olib qochish” deb nomlangan bu modda bo‘yicha jinoyatchi 15 yilgacha ozodlikdan maxrum qilinishi mumkin.

Ozodlik manbasining aytishicha¸ o‘g‘rilarni topish uchun barcha kuchlar safarbar qilingan.


O‘g‘irlangan avtomobilni “suyunchi” evaziga qaytaradigan boyotalar yana paydo bo‘ldimi?

Keyingi 20 yil ichida O‘zbekiston ufqlarida ko‘rinmay qolgan mashina o‘g‘rilarining Toshkentga qaytgani haqidagi maqolani yozish chog‘ida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligidagi manbalarimizga qayta-qayta bog‘lanish asnosida mashina o‘g‘irligi bilan bog‘liq yana bir muxim ma‘lumotga ega bo‘ldik.

Xususan¸ 28 may kuni Toshkentning Qoratosh mavzesida mashinasini o‘g‘irlatib IIBga ariza bergan shaxs 29 may kunning ikkinchi yarmiga borib arizasini qaytarib olgan.

Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ mashinasini o‘g‘irlatgan shaxs hech kimga da‘vosi yo‘qligini aytgan holda arizasini qaytarib olgan. Mashina egasi “muammoni o‘z tanishlari ko‘magida o‘zi hal qilishini” bildirgan.

Mashina egasining “muammoni” qay tarzda va qaysi tanishlar ko‘magida hal qilishi borasida Ozodlikda ma‘lumot yo‘q.

Novza masjidida suyunchi evaziga o‘g‘irlangan mashinalarni “topib” beradigan Shuhrat hoji Dombrabadskiyning 21 yildan beri qamoqda yotgani haqida Ozodlik yaqindagina yozgan edi.

Bu maqolada mashina o‘rilari va uni suyunchi evaziga topadigan jinoiy guruhlarga barham berish uchun O‘zbekistonda o‘tkazilgan tadbirlar samarasi haqida ham gapirilgan edi.

Toshkentlik haydovchi va ijtimoiy tarmoq bloggeri Nastya qo‘shni respublikalar bilan solishtirganda O‘zbekistonda mashina o‘g‘irligi kam¸ degan fikrda:

- Nima ham derdik¸ bizda mashina olib qochish masalasi juda jiddiy. Bizda mashina o‘g‘irlaganga qotillika beriladigandan ham ko‘p muddat beriladi. Shu bois haydovchilar bemalol bo‘lib qolgan edi. Masalan¸ men magazinga birrovga kirsam¸ qo‘rqmasdan kalitni mashinada qoldirib ketaverar edim. Mashina yuvuvchining mashina o‘g‘irlagani xabari bizga ochiq osmonda chaqnagan chaqmoq kabi qattiq ta‘sir qildi. Bu bechora o‘g‘ri endi umrini qamoqda o‘tkazadi¸ deb ta‘kidladi toshkentlik haydovchi va ijtimoiy tarmoq bloggeri Nastya Ozodlik bilan suhbatda.

Suhbatdoshga ko‘ra ko‘ra¸ MDXdagi boshqa respublikalar bilan solishtirganda mashina o‘g‘irligi nisbatan kam bo‘lgan O‘zbekistonda avtomobil olib qocharlarining yana paydo bo‘lishi aholi orasida kichik bir sarosima uyg‘otdi.

O‘zini Mirzohid Karimov deb tanishtirgan¸ Toshkentning Chilonzor mavzeida avtomobillarga texnik hizmat ko‘rsatadigan ustaxonasi rahbari Ozodlik bilan suhbatda bu sarosimaga asos bo‘lgan jihatni tilga oldi:

- Mashinalarni sug‘urta qilish tizimi O‘zbekistonda rivojlanmagani katta muammo. Mavjud sug‘urta shirkatlaridan birortasining hali o‘g‘irlangan mashinaga tovon to‘laganligidan xabarim yo‘q. O‘zi ugon yo‘qolib ketuvdi¸ bir ikkita o‘g‘rilarga vishka bergandan keyin. Endi mana yana bir-ikkita shunaqa gaplar eshitilib qoldi. Ajab emas¸ bu o‘g‘irlik mashinalarni topib beradigan chaqqonlar ham chiqib qolsa¸ deydi suhbatdosh.


O‘zbekistonda mashina o‘g‘irlash statistikasi davlat siri

O‘zbekiston miqyosida bir yil mobaynida qancha mashina o‘g‘irlangani haqida ma‘lumotlar davlat siri maqomida¸ deydi Ozodlikning O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligidagi manbasi.

Boshqa manbalar esa O‘zbekistonda mashina o‘g‘irligining ko‘p hollarda qayd qilinmasligini aytishadi.

Ayni paytda avtomobillarni o‘marish dunyoda ko‘p kuzatiladigan kundalik jinoyat sifatida bilinadi.

Rossiyadagi “Sezar Satellit” tadqiqod markazi hisob kitobiga ko‘ra¸ o‘tgan yili Rossiyada 89 ming 105 ta mashina o‘g‘irlangan. Bu markaz qiyosiy raqamlariga ko‘ra¸ o‘tgan yili AQShda 1 300 000¸ Italiyada 300 ming¸ Germaniyada 140 ming mashina o‘g‘irlangan.
XS
SM
MD
LG