Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 08:31

Toshkentda uch kun ichida saksondan ziyod mashina nomeri o‘g‘irlangan


Poytaxt Toshkentda mashinalarning davlat nomerlari o‘g‘irlanishi holatlari ko‘paygan. Ichki ishlar vazirligi rasmiylari nomerlarning nima maqsadda o‘g‘irlanayotgani taftish qilayotganini bildirdi. Nomerlarning mashina egalaridan pul undirish maqsadida o‘g‘irlanayotgani taxmin etilmoqda.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligidan olingan rasmiy ma‘lumotga ko‘ra, so‘nggi uch kun ichida poytaxtda saksondan ziyod mashinaning davlat nomeri o‘g‘irlangan.

Mashina davlat nomerlari nima maqsadda o‘g‘irlanayotgani ma‘lum emas. Ichki ishlar vazirligining o‘zini tanishtirmagan rasmiysi bu yuzadan jinoyat ishi ochilganini tasdiqladi:

- Bu yuzadan tergov olib borilayapti. Nomerlarni kim va nima maqsadda o‘g‘irlaganini o‘rganayapmiz. Nima uchun qilinayotganini ular ushlanganidan so‘ng bilamiz, dedi Ichki ishlar vazirligidagi Ozodlik manbasi.

Keyingi kunlarda poytaxtda mashina nomerlari o‘g‘irlash ko‘payganidan toshkentliklar ham hayron. Miroobod tumanida yashovchi Saidolimning aytishicha, o‘tgan tunda uchta qo‘shnisini nomerini yechib olib ketishgan.

- Kechadan oldingi kun, 27 mayga o‘tar kechasi domimizning oldida qo‘shnimiznikiga kelgan mehmonni mashinasini nomerini yechib ketishdi. Undan oldingi kuni ikkita qo‘shnimiznikini o‘g‘irlashdi. Hamma hayron, mashinani nomeri nimaga kerak bo‘lib qolgan ularga, bilmayapmiz. Buni qilgan odamni o‘zi bilmasa¸ biz tushunmayapmiz, deydi Saidolim.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ toshkentliklar orasida bunday o‘g‘irlik uyushgan jinoyatchi guruh ishi bo‘lishi mumkin, degan gap-so‘zlar oralagan:

- Uch kun ichida shuncha mashinani nomeri yechib ketildi. Qandaydir jinoiy guruh mashina nomerlarini o‘g‘irlab, boshqa mashinalarga taqib, u-bu narsa (har xil jinoyat - tahr.) qilayapti, degan xavotirli gaplar yuribdi odamlar orasida, deydi toshkentlik Saidolim.

Ozodlik manbalari ta‘kidicha¸ nomer o‘g‘irlanishi Toshkentning Mirobod tumanida¸ ayniqsa¸ ko‘p kuzatilmoqda. Mirobod ichki ishlar tizimi xodimiga ko‘ra, so‘nggi uch kun ichida tumanda 26 mashinaning davlat nomeri o‘g‘irlab ketilgan.

- Bitta holatni ko‘chadagi kamera qayd qilgan. Hozir shu asosda tergov olib borilayapti, dedi Mirobod militsiyasi xodimi.

Toshkentda nomerlar mashina egalaridan pul undirish maqsadida o‘g‘irlanayotgan bo‘lishi mumkin, degan gumonlar ham bor.

Toshkentdagi mashina bozori baland-pastidan xabardor Asrorxo‘ja akaning aytishicha, bu taxminlarda jon bor:

- Tirikchilikning yo‘li bu. Xat yozib ketadi, nomer kerak bo‘lsa falon pulni berasiz, olasiz, deydi. Agar mundog‘roq bo‘lsa oladi, militsiya aralashadigan bo‘lsa¸ otvoradi. Buni yo‘llari ko‘p. Oldin ham bunaqa xolatlar bo‘lgan. Bu yerda boshqa narsa yo‘q. Nomerni o‘g‘irlab, eshigiga qoqib qo‘ymadiku. Nomerini oldirganlar uni tiklash uchun shuncha pul to‘lashi kerak, vaqt kerak, asab buziladi. O‘shani uchun mayli, roziman, deb pulni beradi, nomerni oladi. Buning yo‘li ko‘p. O‘rtaga odamlar tushadi. Oldin Rossiyada ham bunaqa jinoyatlar ko‘payib ketgandi. Nomer o‘g‘rilaganlik uchun u yerda besh yil qamoq qilib qo‘yganidan so‘ng bu kamaydi, deydi Asrorxo‘ja aka.
XS
SM
MD
LG