Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:59

Boks: Bahodir Mamajonov Don King bilan shartnomani to‘xtatdi


Dongdor boks promouteri Don King va Bahodir Mamajonov, Las Vegas sh., 2013 yilning 12 apreli.
Dongdor boks promouteri Don King va Bahodir Mamajonov, Las Vegas sh., 2013 yilning 12 apreli.
Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yo‘nalishi bo‘yicha 2013 yilda jahon chempioni bo‘lgan Bahodir Mamajonov dunyoga mashhur promouter Don King bilan hamkorlik haqida imzolagan uch yillik shartnomani to‘xtatdi. Mamajonov buni Don King kelishuvda ko‘rsatilgan janglarni uyushtirib bera olmagani bilan izohladi.

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Mamajonov Ozodlik bilan suhbatda dongdor promouter Don King bilan imzolangan shartnomani to‘xtatishdan maqsad boshqa yo‘nalishdagi kamar uchun janglarni tezroq uyushtirishdan iborat ekanini aytdi.

- Bir yil kutdik. Don King men xohlagan janglarni uyushtirib berolmadi. Shartnomada bir yil ichida ikkita jang bo‘lishi kerakligi ko‘rsatilgan edi. "Bittasi Amerikada, bittasi O‘zbekistonda bo‘lishi kerak", deb shart qo‘ygan edik. U rozi bo‘lgandi. Harakat qilmadi emas, harakat qildi. Lekin eplay olmadi, - dedi Bahodir Mamajonov.

Don King Bahodir Mamajonovga yana bir oz kutishni taklif qilgan. Ammo o‘zbekistonlik chempion ko‘nmagani sababli shartnomani to‘xtatishga rozi bo‘lgan.

Muhammad Ali, Mayk Tayson kabi afsonaviy bokschilarga promouter bo‘lgan Don King Bahodir Mamajonovga, agar kelgusida biror yordam kerak bo‘lsa, hech ikkilanmay, murojaat qila olishi mumkinligini urg‘ulagan.

26 yoshli professional bokschi Bahodir Mamajonov Ozodlik bilan suhbatda ayni damda o‘z murabbiysi va menejeri Ken Richardson bilan mashg‘ulotlarni davom ettirayotgani va yangi raqiblarni o‘zlari topishga harakat qilayotganlarini aytdi.

- Xudo xohlasa, 27 iyunda Xьyustonda o‘zimiz jang o‘tkazishga harakat qilyapmiz. Unda Ahror Muralimov (15-0-0, 12 KO) UBF International kamari uchun urushadi. Keyin men urushaman. Ahror kechaning asosiy jangida urushadi. Meniki bitta oldin, ikkinchi asosiy jang bo‘ladi, - deydi o‘zbekistonlik jahon chempioni.

2013 yil 12 aprel kuni AQShning Nevada Shtatida uyushtirilgan professional boks kechasida Bahodir Mamajonov (14-1-0, 10 KO) 61 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda 24 yoshli kubalik Anjelo Santanani (14-1-0, 11 KO) texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratib, Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni kamariga sazovor bo‘lgan.

Bahodir Mamajonov g‘olib, deb e‘lon qilingan zahoti Santananing promouteri bo‘lgan Don King o‘zbekistonlik bokschiga promouterlik haqida shartnoma imzolashni taklif qilgan va may oyida uch yillik shartnoma imzolangan edi.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:32 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG