Линклар

logo-print
1 iyun kuni AQShga qarashli GPS navigatsiya tizimining Rossiya hududida joylashgan 11ta stansiyasi o‘chirildi.

“Roskosmos” tashkiloti bayonotiga ko‘ra, hukumat ko‘rsatmasiga muvofiq GPS signallari bilan ishlaydigan global seysmogarafik tarmoq stansiyasidan ma‘lumot olishni blokirovka qilish uchun choralar ko‘rilgan.

Undan oldin Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozin AQSh o‘z hududida GLONASS stansiyasi joylashtirilishini rad etganiga javoban shunday javob chorasi ko‘rilishi mumkinligini ehtimoldan soqit qilmagan edi.

RIA Novosti agentligiga ko‘ra, Rogozin GPS stantsiyalari hozircha uch oyga o‘chirilganini aytgan.

Rossiyadagi uyali aloqa operatorlari bu o‘z xizmatlariga ta‘sir etmasligini boisi ular turli texnologiyalar asosida ishlashiga ishontirmoqda.
XS
SM
MD
LG