Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:18

AQSh qonundagi o‘g‘ri to‘g‘risidagi ma‘lumot uchun 1 million dollar mukofot va‘da qildi


Qamchi Ko‘lbayev yuzasidan Interpol saytidagi ma‘lumot.
Qamchi Ko‘lbayev yuzasidan Interpol saytidagi ma‘lumot.
AQSh Davlat departamenti qirg‘izistonlik qonundagi o‘g‘ri Qamchi Ko‘lbayev jinoiy guruhi yuzasidan ma‘lumot bergan shaxslarga 1 million dollar miqdorida mukofot berilishini e‘lon qildi. Davlat departamenti Ko‘lbayevning guruhi MDH jinoiy guruhlarini birlashtirgan “Birodarlik doirasi” sindikatiga a‘zo ekanini bildirgan.

Qamchi Ko‘lbayev 2011 yilda Qirg‘iziston hukumati uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi urush ochilganini e‘lon qilgach, mamlakatni tark etgan edi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, mazkur tadbir doirasida uyushgan jinoiiy guruhlarning 300 ga yaqin a‘zosi qo‘lga olingan.

2012 yilda Dubaydan Qirg‘izistonga o‘z ixtiyori bilan qaytib kelgach, Ko‘lbayev sudlangan edi. Uning jazo muddati shu yilning 8 iyunida yakunlanadi.
AQSh Davlat departamenti tomonidan Qamchi Ko‘lbayev jinoiy guruhiga aloqador bo‘lgan ma‘lumotlarni bergan shaxslarga 1 million dollar mukofot va‘da qilinishi Qirg‘izistonda mahalliy huquq-tartibot tuzilmalariga nisbatan ishonchsizlik sifatida qabul qilinmoqda:

- Bu masala AQSh tomonidan ko‘tarilishi bizning vazirlikka nisbatan ishonchsizlikni tug‘dirdi va turli tanqidiy fikrlar uchun asos yaratdi. Aslida esa mazkur jinoiy guruhning har bir a‘zosi bizning nazoratimiz ostida. Ular noqonuniy harakatlarni sodir etishi bilanoq qo‘lga olinayapti, jinoyat ishi ochilib, sud qilinayapti. Qamchi Ko‘lbayev yaqinda qamoqdan ozod etiladi. Shundan keyin ham uning har bir qadami bizning nazoratimizda bo‘ladi, - dedi Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi rasmiysi Jo‘raboy Abduraimov.

AQShning xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish dasturi Qamchi Ko‘lbayevni Yevrosiyo jinoyat sindikati rahbarlaridan biri sifatida bir necha yil avval qora ro‘yxatga kiritgan edi.

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha bishkeklik ekspert Talant Razzaqovnipng aytishicha, Qamchi Ko‘lbayev shaxsiga AQShning qiziqishi bejiz emas:

-Menimcha, AQSh Qamchi Ko‘lbayev uyushgan jinoiy guruhi bo‘yicha o‘zini qiziqtirgan bir qator ma‘lumotlarga ega. Shuning uchun ham AQSh tomoni Ichki ishlar vazirligi va hukumat tomonidan berilgan rasmiy ma‘lumotlarga qoniqish hosil qilmay, bu guruh haqida qo‘shimcha ma‘lumotlar izlamoqda. Qamchi Ko‘lbayev ortida qanday siyosiy kuchlar turgani to‘g‘risidagi ma‘lumot juda oz. Uni qo‘llayotgan yuqori lavozimli amaldorlar va siyosatchilar to‘g‘risidagi ma‘lumot AQSh uchun juda kerak, - dedi Talant Razzaqov.

Qamchi Ko‘lbayevga 2008 yili Moskvada “Yaponchik” taxallusi bilan mashhur bo‘lgan marhum Vyacheslav Ivankov raislik qilgan yig‘inda qonundagi o‘g‘ri sifatida toj kiyidirilgani aytiladi. 2011 yilda esa Qamchi Ko‘lbayev AQSh tomonidan dunyodagi eng yirik narkobaronlar ro‘yxatiga kiritilgan.

2012 yilda Qirg‘izistonda Qamchi Ko‘lbayev hukumat tomonidan joriy etilgan uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi urush doirasida sudlangan. Biroq sud jarayonida guvohlar Qamchi Ko‘lboyevga nisbatan tergovda bergan ko‘rsatmalaridan bosh tortishgan. Buning ortidan unga nisbatan olti jinoyat ishi qisqartirilib, Bishkek sudi uni bir jinoyat ishi bo‘yicha aybdor deb topgan va 2 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi. Ko‘lbayev joriy yilning 8 iyulida jazo muddatini o‘tab, ozodlikka chiqariladi.
XS
SM
MD
LG