Линклар

logo-print
To‘rt karra Osiyoning eng sara hakami deb topilgan Ravshan Ermatov va u boshchiligidagi hakamlar guruhi futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan Braziliyaga yetib keldi.

Ravshan Ermatovga o‘zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorovlar yordamchilik qiladi.

Bu yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati Braziliyada 12 iyunda boshlanib, bir oy davom etadi.

Ravshan Ermatov MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari hakamlari orasida mazkur chempionatda qatnashayotgan yagona bosh hakamdir.

Eslatamiz, o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov 2010 yilda Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham hakamlik qilgan.

Ermatovga o‘shanda chempionatning yarim final o‘yini ham ishonib topshirilgandi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG