Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:27

Tojikistonda Odnoklassnikidagi so‘z jangi pichoqbozlik bilan tugadi


Tojikistonda Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘ining o‘smir foydalanuvchilari orasida chiqqan bahs ulardan birining o‘limiga olib keldi.

Rasmiylarga ko‘ra, Internetda chiqqan janjal ortida bahslashuvchilardan biri harifini pichoqlab o‘ldirgan.

Tojikiston Ta‘lim vazirligining ismi keltirilmayotgan mulozimining 2 iyun kuni aytishicha, Dushanbe shahar o‘rta maktablaridan birining 11 sinf o‘quvchisi poytaxt markazida 30 may kuni pichoqlab o‘ldirilgan.

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, fojiaga ikki talaba o‘rtasimda ijtimoiy tarmoqda kelib chiqqan so‘z jangi sabab bo‘lgan.

Tojikiston Ta‘lim vaziri Nuriddin Saidov 2 iyun kuni ikkala talaba o‘qigan Dushanbe shahar 66-o‘rta maktabga borib, ro‘y bergan hodisa bo‘yicha suhbat o‘tkazgan.
XS
SM
MD
LG