Линклар

Gallup World tadqiqot markazi o‘zining navbatdagi yillik hisobotini e‘lon qildi. Tadqiqot markazi o‘tkazgan so‘rovda ishtirok etgan o‘zbekistonliklarning 76%i savollardan biriga javob berar ekan, “kechagi kuni ijobiy holatlar bilan o‘tgani” to‘g‘risida aytgan.

Ma‘lum bo‘lishicha, bu MDHga a‘zo mamlakatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Qozog‘istonda “kechagi kuni ijobiy holatlar bilan o‘tgan”lar, ya‘ni baxtlilar 63, Tojikistonda 62, Qirg‘iziston va Rossiyada 61, Turkmanistonda 59, Armaniston, Gruziya va Moldovada 56, Ozarbayjonda 55, Belarusda 54 foizni tashkil qilgan.

Shunisi qiqziqki, bir necha oydan beri tinchligini yo‘qotgan, yaqinda hududining bir qismini yo‘qotgan, fuqarolar urushi ketayotgan Ukraina aholisining 60 foizi ham o‘zini baxtli hisoblashi ma‘lum bo‘ldi.

Gallup World tadqiqoti natijalari hamda Ukrainadagi vaziyat siyosatshunos va sotsiolog Kamoliddin Rabbimovning bugungi OzodNazarida.

XS
SM
MD
LG