Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:02

"Sport" kanali JCh-2014 o‘yinlarini jonli tarzda ko‘rsatadi


O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi kelasi hafta Braziliyada boshlanadigan futbol bo‘yicha 2014 yilgi Jahon chempionatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilishini ma‘lum qildi.

Bu haqda 3 iyun kuni MTRK saytida “Sport” telekanali JCh-2014 translyatsiya huquqini sotib oldi va barcha o‘yinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda namoyish etadi”, deyiladi.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari jahon chempionati bellashuvlari mahalliy telekanallardan ko‘rsatilmasligi ehtimolidan xavotir bildirib kelayotgan edi.

MTRK JCh-2014 musobaqalarini namoyish qilish huquqini necha pulga sotib olgani ochiqlangani yo‘q.

2 iyun kuni MTRK vakillari Ozodlik so‘roviga javoban Futbol federatsiyalari xalqaro uyushmasi – FIFA bu huquq uchun 1 million AQSh dollari so‘rayotganini bildirgan edi.
XS
SM
MD
LG