Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:19

Ravshan Ermatov JM-2014 ochilish o‘yiniga haqamlik qilmaydi


O‘zbekistonlik xalqaro futbol hakami Ravshan Ermatov 2014 yilgi Jahon Chempionatining ochilish uchrashuviga hakamlik qilishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar asossizdir. Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

So‘nggi kunlarda Ravshan Ermatov Braziliyadagi Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati ochilish uchrashuviga hakamlik qilishi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgan edi.

14 yanvar kuni Syurix shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda FIFAning Hakamlar qo‘mitasi jahon chempionati o‘yinlarini boshqaradigan 43 mamlakat vakillaridan iborat 25 ta hakamlar brigadasi va ularga yordam beradigan sakkizta juftlik brigadalar ro‘yxatini tasdiqlagan.

Braziliyadagi jahon chempionatida MDH va Boltiq bo‘yi davlatlaridan faqat Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishtirok etadi.

Ravshan Ermatov o‘zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov bilan birga jahon, Osiyo, Olimpiada va boshqa xalqaro musobaqalarda hakamlik qilib kelmoqda.

FIFA Ravshan Ermatovni 2008 yildan 2011 yildacha qatorasiga to'rt marta “Osiyoning eng yaxshi hakami” deb e‘lon qilgan.

Ravshan Ermatov to‘rt yil muqaddam Janubiy Afrika Respublikasida o‘tgan Jahon Chempionatining ochilishida JAR va Meksika terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga hakamlik qilgan edi.
XS
SM
MD
LG