Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:43

"Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti bitiruvchilaridan 500$ pora so‘rashayapti"


Ozodlik bu yil ham talaba va bo‘lajak abituriyentlar uchun Live blog tashkil qildi. Ushbu blog orqali mamlakatdagi maktab, kollej, litseylarda boshlanayotgan imtihonlar hamda oliygohlardagi yozgi sessiya jarayoni haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, bo‘lajak abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘rtasida boshlanayotgan "raqobat" manzarasini kuzatamiz!

Albatta bu jarayonni siz-mushtariy bilan birgalikda yoritamiz. Buning uchun siz o‘zingiz o‘qiyotgan ilm dargohidagi imtihonlar payti duch kelganingiz turli xil vaziyatlar haqida bizni xabardor qilishingiz lozim. Abituriyentlardan esa testga tayyorgarlik jarayoni qanday o‘tayotgani haqida bizga xabar yo‘llashlarini so‘raymiz.

Demak, ushbu jarayonga doir xabar, foto va videolaringizni kutib qolamiz: WhatsApp va Telegram orqali +420 777 849 755 va +420 724 971 539 raqamiga yuboring!


"Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti bitiruvchilaridan 500$ pora so‘rashayapti"

Samarqand Iqtisodiyot va servis institutining Bank-moliya xizmatlari fakulteti talabalari nomidan kelgan maktubda, bitiruvchi talabalardan 500 AQSh dollari miqdorida pora talab qilinayotgani iddao qilinadi:

Talabalarning maktubini tahrir qilinmagan holatda e‘tiboringizga havola qilayapmiz:

Hurmatli Ozodlik radiosi xodimlari, biz ancha vaqtdan beri shu radioni tinglab kelamiz. Biz talabalarning ayrim muommolarimiz sizlar bong urib, surab surushtirgangizda kattalarni qulog`iga yetadi. Shuning uchun ham sizlarga murojat qilyapmiz.

Biz rasmiy ravishda murojat qilolmasligimiz sababli shu yo`l bilin murojat qilishga majburmiz.

Biz institutga (Sam Isi) kirgan chog`imizda zukkolik va tirishqoqlik bilan bir smestir davomida o`qidik, lekin sessiya vaqtida biz o`qigan fanlar buyicha baholarni bilimga emas, balki talabalarning puli bilan o`lchanganligi sababli talabalardan pora olish, manfaat evaziga tanish bilishchilik asosida baholarni qo`yib keldi. Bunga o`z vaqtida qarshi choralar ko`rishga urinib ko`rdik. Lekin foydasi bo`lmadi.

Hozirda biz bitiruvchi kurs talabalarimiz. Biz bitirishimiz uchun eng kamida 500 aqsh dollari miqdorida pora talab qilmoqda.

Bundan tashqari hech qaysi OTMda yo`q bulgan bir million so`m miqdorda (eng kam miqdori 1000000 so`m) “XO`JALIK SHARTNOMASI” deb ataluvchi pulni to`lashimizni talab qilmoqda.

Bu pulning 40%i domlalarga to`lanishini belgilanligi uchun, shu so`mmani majburiy tarzda, taziqlar ostida talab qilmoqda.

Biz talabalar bilan surushtiruv olib bordik. “XO`JALIK SHARTNOMASI” aslida Samarqand viloyatidagi hech bir OTM (oily talim muassasasi)da yo`q ekan.

Bu faqat bizning kafedramizda yani Sam Isi “Moliya va sug`urta xizmatlari” kafedrasidagina joriy qilingan. Lekin qaysi qaror yoki qaysi qonun asosida buni hech kim bilmaydi. Biz kafedra mudiriga kirib qaysi qaror yoki qaysi buyruq asosida bunday pulni talab qilayotganini bir necha bor so`radik, lekin ular hech qanday qaror yoki buyruqni ko`rsata olmadi, faqat bu oldindan qolgan urf odat ekanligini aytib, bizni bunday ishlarga aralashmasligimizni, aks holda institutni bitirolmay haydalib ketishimizni aytib qurtib, haqoratlab haydab soldi.

Sizlardan shuni iltimos qilib so`raymizki bunday holatda keng qamrovli tekshirish ishlarini utkazib, shundoq ham kantrakt asosida o`qib, qiynalib yurgan talabalarni poraxur domlalar zug`midan qutqarishingizni utinib so`raymiz.

Sizlardan najot kutib qolguvchi Samarqand Iqtisodiyot va Serves instituti, Bank-moliya xizmatlari fakulteti talabalari nomidan.
XS
SM
MD
LG